Педагогика indd


-guruh:  axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini  shakllantirishga qaratilgan metodlar. 2-guruh



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

1-guruh: 
axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini 
shakllantirishga qaratilgan metodlar.
2-guruh:
axloqiy his-tuyg‘ular va munosabatlarni 
rag‘batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar [25; 82-b.].
hamma guruh metodlari axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsiy 
sifatlarni tarbiyalashni ta’minlaydi. shuningdek, ko‘rsatmali, 
og‘zaki metodlar, tushuntirishni ko‘rsatish bilan qo‘shib olib borish. 
Tarbiyachining hikoyasi, o‘qib berish, axloqiy mavzularda suhbatlar 
(rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o‘qilganlar bo‘yicha), kuzatish
rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy 
misollardan foydalanish asosida olib boriladi.
Mehnat faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina bo‘lib 
qolmay, balki xalqqa xizmat qilish, vatan uchun qayg‘urish, 
shaxsiy manfaatdan xalq manfaatini ustun qo‘yishning asosi 
hamdir [25; 95-b.]. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnat tarbiyasini bolalarga yangicha 
singdirish, ularda mehnat qilishga ishtiyoq o‘stirish, mehnat 
natijasidan zavqlana bilish kabi hislarni tarkib toptirish orqali 
ularda mehnat ahliga hurmatni, jamiyat foydasiga mehnat qilish 
qobiliyatini, fidoyilik va mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lish 
kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish lozim. Bolalarni mehnatga 
o‘rgatishda, eng avvalo, ularni psixologik va amaliy tayyorlash: 


148
jamoada mehnat qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash muhim rol 
o‘ynaydi. Mehnatga ruhiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida 
yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, halollik, intizomlilik 
kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy-irodaviy 
xususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati 
ko‘nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi.
shunday ekan, mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan 
insondan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, 
tarbiyalanganligi avvalo, mehnatga bo‘lgan munosabatida 
ko‘rinadi. Mehnat insonni ulug‘laydi, go‘zallikka chorlaydi. 
Mehnatsiz turmush mazmunsiz, deyiladi. Mehnat qilmaydigan 
insonning hayoti zerikarlidir. Unday inson ma’naviy qashshoq va 
jismonan zaif bo‘ladi. Uzoq umr ko‘rishning siri ham mehnatdir. 
Mehnat qilmasang hatto iste’dod ham so‘nadi. Mehnat har 
qanday qobiliyatni rivojlantiradi. Mehnatga bolalar dastlab oilada, 
maktabgacha tarbiya muassasalarida va tarbiya jarayonining 
butun tizimida o‘rgatilib boriladi. Bolalar bog‘chasida va oilada 
bajariladigan uncha murakkab bo‘lmagan har bir topshiriq uning 
kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va 
madaniyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, 
bolalarning o‘zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan 
ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida 
ishtirok etishi, kattalar mehnati bilan tanishishi, ularning tevarak-
atrofdagi hayot, kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida, 
narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish 
usullari, qurilmalar va asboblar to‘g‘risida muayyan taassurotlarga 
ega bo‘lishlariga yordam beradi [25; 96-b.]. 
Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehn, topqirlik, ijodkorlik 
qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar 
ayrim ish turlarini (bir varaq qog‘ozni buklash, biror bir shaklni 
andozaga qarab qirqish, kerakli uzunlikni o‘lchash kabi harakatlarni) 
anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, 
bajarilgan ishdagi izchillikni berishga to‘g‘ri keladi. Bu bola 
nutqini yangi so‘zlar bilan boyitadi, fikrlashi, dunyoqarashini 
shakllantirishga imkon beradi. Mehnat har bir yosh guruhidagi 
bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan, unga to‘g‘ri 
nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. 
V.I.Loginovning ta’kidlashicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish 


149
uchun ular mehnat va mehnat malakalari to‘g‘risidagi bilimlar 
tizimini o‘zlashtirib olishlari kerak bo‘ladi:
1. Mehnat maqsad va uning natijasini belgilab olishdan 
boshlanadi (maqsad – mehnat tasviri).
2. Mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsad bo‘yicha kerakli 
materiallarni tanlab ajratib olish.
3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab ajratib 
olish.
4. natijaga erish ish uchun mehnat harakatlarini bajarish.
shunday qilib, maktabgacha tarbiya yoshi davrida mehnat 
faoliyati shakllantiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining 
o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan 
bog‘liqligidir. o‘yin jarayonida biror harakat doimo biror mehnat 
jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, 
mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi. 
Mehnat tarbiyasining vazifasi xilma-xil bo‘lib, ularni guruhlar 
bo‘yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi [25; 97-b.]:

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin