188
Kerakli jihozlar: 2 ta qо‘g‘irchoq va qо‘g‘irchoqlar uchun 2 ta
kiyimlar tо‘plami (qog‘ozdan yasasa ham bо‘ladi) (Ilovaga qarang,
59 bet).
О‘yin qoidasi: О‘yinda ikkita guruh ishtirok etadi.
Ularga
qо‘g‘irchoqlarni kiyintirish vazifasi
beriladi va kiyintirish
jarayonida bolalar kiyimlarni nomini chet tilida aytishlari kerak
bо‘ladi. Masalan: She has a blouse on. She has a dress on. She has a
skirt on va boshqalar. Eng kо‘p jumlalarni tо‘g‘ri tuza olgan guruh
g‘alaba qozonadi [23].
«Hayvonot bog‘ida» о‘yini. Maqsad: kommunikativ va tinglab
tushunish kо‘nikmalarni rivojlantirish.
О‘yin qoidasi: Bolalar hayvonlar rо‘lini о‘ynaydilar. О‘yinda
ishtirok etayotgan hamma bolalar doira bо‘lib stulda о‘tiradilar.
О‘qituvchining (о‘yin boshlovchisining) о‘ng tomonidagi stul bо‘sh
qoldiriladi. О‘qituvchi о‘yin sо‘zlarini aytib о‘quvchilardan birini
ismini aytib chaqiradi. Ismi aytib chaqirilgan bola о‘qituvchidan
qaysi hayvon timsolida uning yoniga borishi kerakligini sо‘raydi
va о‘qituvchi aytgan hayvon timsolida о‘qituvchining yoniga borib
о‘tiradi. О‘yin shu tariqa davom etadi. О‘yin musiqa sadosi ostida
olib borilishi ham mumkin.
T: My right,
right place is free,
And I want to see …(name) here.
P: Like who must I come?
T: Like a …(Animal name) [23].
Dostları ilə paylaş: