189
«Stand up! Sit down!» о‘yini
О‘yinning birinchi kо‘rinishi. Maqsad: kommunikativ va tinglab
tushunish kо‘nikmalarini rivojlantirish.
О‘yin qoidasi:
О‘qituvchi bolalarga Stand up! Sit down! – deb
kо‘rsatma beradi va kо‘rsatmalariga mos harakatlarni bajaradi. Lekin
о‘qituvchining harakatlari har bir kо‘rsatmalariga mos bо‘lishi shart
emas. О‘quvchilar esa aksincha barcha harakatlarni о‘qituvchining
kо‘rsatmalariga muvofiq bajarishlari shart. О‘quvchilardan
qaysi
biri о‘qituvchi bajargan notо‘g‘ri harakatni takrorlasa о‘yinda
mag‘lub bо‘ladi. Eng e’tiborli о‘quvchi о‘yinda g‘olib bо‘ladi. Bu
о‘yindan kichik jismoniy tarbiya sifatida foydalanish mumkin.
О‘yinning ikkinchi kо‘rinishi. О‘yin qoidasi: Ushbu о‘yinning
yana bir kо‘rinishi mavjud. Bunda о‘quvchilar о‘qituvchining
kо‘rsatmalarini emas, balki iltimoslarini bajaradi. Masalan, quyidagi
iborani eshitganda о‘rnidan turish kerak bо‘ladi: Stand up, please!,
lekin – «stand up!» iborasini eshitganda
harakatlanmaslik kerak,
chunki bu yerda please! iltimos qilish formasi qо‘llanilmagan [23].
Dostları ilə paylaş: