Kurs ishini baholash tartibi Kurs ishini baholash mezoni talaba va magistrlarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to’g’ri ta‘lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. SHu boisdan har bir o’qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob‘ektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talaba va magistrning javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Reyting tizimi bo’yicha talaba va magistrning kurs ishini 100 ballik reyting tizimida (2019-2020 o’quv yilida 3-4-kurs talabalar uchun) yoki 5 baholik baholash tizimida (2019-2020 o’quv yilida 1-2-kurs talaba va magistranlar uchun) asosida baholanadi.
O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi.
Xulosa kilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talaba va magistrlar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1.Kurs ishi deganda nimani tushunasiz?
2.Kurs ishi yozishga qanday talablar qo‘yiladi?
3.Kurs ishi tarkibiy qismlarini ayting.
4.Ilmiy rahbarning vazifalari nimadan iborat?
5.Ilmiy rahbar xulosasi deganda nimani tushunasiz?
1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Mexanika bo’limiga oid masalalar va ularning eksperimental tadbiqlari. O’quv mashg’ulotining maqsadi: Mexanika bo’limiga oid masalalar va ularning eksperimental tadbiqlari mavzusiga doir masalalar ishlash yordamida talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.
Talabalarning amaliy darsga tayyorlash va ularning faolligini oshirish maqsadida beriladigan savollar
Mexanika bo’limidagi asosiy qonunlarni ayting.
Mexanika qonunlari asosida ishlovchi qurilmalarni ayting.