Pedagogika instituti fizika va astronomiya kafedrasi fizika va astronomiya tadqiqot yo


Auditoriada ishlash uchun masalalar



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə18/52
tarix15.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#130222
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
FATad yo\'n.Majmua

Auditoriada ishlash uchun masalalar


1.1A-masala. Har birining massasi 10 t dan bo’lgan ikkita fazoviy kema bir-biriga 100 m masofagacha yaqinlashishsa, ularning o’zaro tortishish kuchining kattaligi qanday bo’ladi?
1.2A-masala. Tik yuqoriga qarab otilgan kosmik kema 3200 km balandlikka ko’tarildi va so‘ngra tusha boshladi. Tushishning birinchi sekundida kema qanday yo‘lni o ‘tadi?
1.3A-masala. Yer sun’iy yo’ldoshining aylanish davri 2 soat. Yo’ldosh orbitasini aylana deb hisoblab, uning Yer sirtidan qanday h balandlikda harakatlanayotgani aniqlansin.
1.4A-masala. Neptun sayyorasi Quyoshdan Yerga nisbatan 30 marta uzoqda. Neptunning Quyosh atrofida aylanish davri (yillarda) topilsin.
Mustaqil ishlash uchun uyga vazifa masalalari
1.1U-masala [2.(10.2)]. Yerning sun’iy yo’ldoshi ekvator tekisligidagi doiraviy orbita bo’ylab harakatlanib, Yerdan qaraganda qo’zg’almas bo’lib ko’rinishi uchun uni qanday balandlikka chiqarish kerak? Yerning radiusini R = 6,37 Mm, sutkalik aylanish davrini esa T = 24 soat deb oling.
1.2U-masala [2.(10.4)]. Oy doiraviy orbita bo’ylab harakatlanadi deb hisoblab, uning Yer atrofidagi harakat tezligini toping. Yerning massasini , Oy bilan Yer orasidagi masofani esa R = 384,4 Mm deb oling.


2-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Molekulyar fizika bo’imiga oid masalalar va ularning eksperimental tadbiqlari.
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Molekulyar fizika bo’imiga oid masalalar va ularning eksperimental tadbiqlariga oid masalalar ishlash yordamida talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.

Talabalarning amaliy darsga tayyorlash va ularning faolligini oshirish maqsadida beriladigan savollar


1.Qanday gazga ideal gaz deyiladi?
2.Temperaturaning qanday shkalalarini bilasiz va ularning bir-biridan qanday farqlari bor?
3.Boyl – Mariott qonuni qanday?
4.Gey – Lyussak qonuni qanday?
5.Sharl – qonuni qanday?
6.Ideal gaz holat tenglamasi qanday?




Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin