|
Talabaning fan bо‘yicha о‘zlashtirish kо‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi
|
səhifə | 50/52 | tarix | 15.10.2023 | ölçüsü | 3,49 Mb. | | #130222 |
| FATad yo\'n.MajmuaTalabaning fan bо‘yicha о‘zlashtirish kо‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fanning mohiyati va mazmunini tо‘liq yorita olsa;
Fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va matiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yо‘l qо‘ymasa;
Fan bо‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bо‘lsa;
Fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
Berilgan savollarga aniq va lо‘nda javob bera olsa;
Konspektga puxta tayyorlangan bо‘lsa;
Mustaqil topshiriqlarni tо‘liq va aniq bajargan bо‘lsa;
Fanga tegishli qonunlar va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarni tо‘liq о‘zlashtirgan bо‘lsa;
Tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fannning moxiyati va mazmuanini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yо‘l qо‘ymasa;
Fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bо‘lsa;
Fan bо‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni о‘quv dasturi doirasida bajarsa;
Fan bо‘yicha berilgan savollarga tо‘g‘ri javob bera olsa;
Fan bо‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bо‘lsa;
Fan bо‘yicha mustaqil topshiriqlarini tо‘liq bajargan bо‘lsa;
Fanga tegishli qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarni о‘zlashtirgan bо‘lsa.
v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
Fan haqida umumiy tushunchaga eka bо‘lsa;
Fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yо‘l qо‘ysa;
Bayon qilish ravon bо‘lmasa;
Fan bо‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
Fan bо‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bо‘lsa.
Dostları ilə paylaş: |
|
|