Pedagogika instituti fizika va astronomiya kafedrasi fizika va astronomiya tadqiqot yo



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə21/52
tarix15.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#130222
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
FATad yo\'n.Majmua

O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Elektrostatika bo’limiga oid masalalar ishlash yordamida talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.

Talabalarning amaliy darsga tayyorlash va ularning faolligini oshirish maqsadida beriladigan savollar


1.Kulon qonunini ayting.
2.Elektr maydon kuchlanganligi va potensiali formulalarini yozing.
3.Ostragradskiy-Gauss teoremasini ayting.
4.Elektr maydonning superpozitsiya prinspi qo’llanilishi qanday.
5.Dielektriklar xususiyatlarini ayting/

Auditoriyada ishlash uchun ajratilgan masalalar.
4.1A-masala.Bir-biridan 17 sm masofada q=1,1 nC dan bo’lgan ikki nuqtaviy zaryad joylashgan.Zaryadlar ularning har biridan huddi shunday masofada joylashgan birlik musbat zaryadga qanday kuch bilan ta’sir qiladilar?
4.2A-masala.Atomning Bor-Rezerford modeli bo’yicha elektronlar musbat zaryadlangan yadro atrofida doiraviy orbitalar bo’ylab harakatlanadilar.Agar Bor orbitasining radiusi r=52,9 pm bo’lsa,elektronning vodorod atomidagi tezligi va tezlanishini aniqlang.
4.3A-masala.Umumiy osish nuqtasiga mahkamlangan, uzunliklari l=0,2 m bo’lgan vaznsiz,cho’zilmaydigan va elektr tokini o’tkazmaydigan iplarga havoda ikkita bir xil, massalari m=20 mg dan bo’lgan sharcha osib qo’yilgan.Sharchalardan birini chetga tortib, unga zaryad berilgandan so’ngqo’yib yuborildi.U ikkinchi sharchaga tekkach, ikkala sharcha bir-biridan uzoqlashib, iplar α=600 burchak hosil qildi.Birinchi sharchaga berilgan q zaryadning modulini toping.
4.4A-masala.Diametri 1 sm bo’lgan mis shar yog’ ichiga joylashtirilgan.Yog’ning zichligi ρ=800kg/m3.Agar bir jinsli elektr maydonida shar yog’ ichida muallaq bo’lsa,sharning zaryadi qancha bo’ladi?Elektr maydoni vertikal yuqoriga yo’nalgan bo’lib,uning kuchlanganligi E=3600V/sm.(V9.27)
4.5A-masala.40 mg massali 10-9C musbat zaryadli sharcha 10 m/s tezlik bilan harakatlanadi.Bu sharcha 4 СГСq ga teng bo’lgan musbat nuqtaviy zaryadga qancha masofagacha yaqinlashishi mumkin?(V9.38)

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin