Mustaqil ishlash uchun uyga vazifa masalalari: 7.1U-masala. Absolyut qora jismning nurlanish quvvati 105kVt. Agar jismning yorqinligining maksimal spektral zichligiga to‘gri keladigan to‘lqin uzunligi 7·10-5sm ga teng bo‘lgan jismning nur sochovchi sirtining kattaligi topilsin.
7.2U-masala. To`lqin uzunligi λ =3,64 pm bo`lgan foton tinch turgan erkin elektronda sochildi. Sochilish jarayonida tepki elektronning kinetic energiyasi tushayotgan fotonning energiyasini η =25% ni tashkil qilsa: a)sochilgan fotonning Kompton siljishi to`lqin uzunligini; b) sochilgan fotonning hosil qilgan θ burchagini toping.
8-Amaliy mashg’ulot. Mavzu. Geometrik optikaga oid misollar
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Geometrik optika bo’limiga oid masalalar ishlash yordamida talabalarning nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash.
Talabalarning amaliy darsga tayyorlash va ularning faolligini oshirish maqsadida beriladigan savollar
1.Geometrik optika qonunlari qo’llanilish chegarasi qanday?
2.Linza nima va uning optik kuchi qanday aniqlanadi?
3.Gyugens-Frenel prinspini ayting.
4.Linzadagi tasvir hususiyatlarini ayting.
Auditoriyada ishlash uchun ajratilgan masalalar. 8.1A-masala.Odam boshining vaziyatini o’zgartirmagan holda ko’zguda o’z tasvirini to’la ko’rish uchun vertikal ko’zguning eng kichik balandligini qanday bo’lishi kerak?
8.2A-masala. O’zaro φ burchak ostida joylashgan yassi ko’zgularda buyumning nechta tasviri hosil bo’ladi va nechta tasvirni ko’ra olish mumkin?
8.3A-masala. O’zaro 300 burchak ostida joylashgan ikkita yassi ko’zguda buyumning nechta tasviri hosil bo’ladi (ko’rinadi)?
8.4A-masala. O’zaro parallel joylashgan yassi ko’zgular orasida joylashgan buyumning tasvirlari sonini toping.
8.5A-masala. Gorizontga 200burchak ostida tushib, ko’zgudan qaytgan quyosh nurlari yordamida quduq tubini yoritish uchun ko’zguni gorizontga qanday burchak ostida joylashtirish kerak?