Pedagogika instituti fizika va astronomiya kafedrasi fizika va astronomiya tadqiqot yo


Dissertatsiya va unga qo’yiladigan talablar



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə8/52
tarix15.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#130222
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
FATad yo\'n.Majmua

2. Dissertatsiya va unga qo’yiladigan talablar
Dissertatsiya deb – ilmiy kengash yoki DAK majlisida ochiq tarzda himoya qilinadigan ilmiy tadqiqotning maxsus shakliga aytiladi.
U fan doktori, fan nomzodi va magistlik akademik darajasini olish maqsadida bajariladi. Dissertatsiya tarkibiga tadqiqotchi tomonidan olingan ilmiy natijalar, ilmiy qoidalar va muallifni olim sifatida fanga qo’shgan xissasi va sifatlari kiritilishi lozim. Dissertatsiya ilm-fanning xozirgi zamon muammolarini echishga, ilmiy texnik progressga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur.
Dissertatsiya mavvzusi muassasaning asosiy ilmiy ishlar rejasiga kiritiladi.
Dissertatsiya mavzusi Oliy Ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda Ilmiy Kengash tadqiqotchining ilmiy jihatdan etukligini, ishlab chiqarish va jamoat ishlaridagi folligini, kafedra, laboratoriya va bo’lim tomonidan berilgan tavsiyanomani e‘tiborga oladi. Dissertatsiyaga muallif tomonidan ta‘riflangan ilmiy qonun va qoidalar kiritilib, ular nazariy jihatdan asoslangan va tajribalarda o’z tasdig’ini topgan bo’lishi kerak. Dissertatsiyada qo’yilgan maqsad va vazifalar aniq bo’lishi, masalaning xozirgi kungi xolatiga mos tushishi, taklif etilayotgan yechimlar jiddiy tarzda asoslanishi va tanqidiy jihatdan baholanishi talab etiladi.

Dissertatsiyaga olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, xalq xo’jaligida qo’llash bo’yicha ma‘lumotlar ham kiritiladi. Texnika soxasidagi dissertatsiyalarga taraqqiyparvar texnologik jarayonlarni o’rganish va ishlab chiqish, yuqori unumdorlikka ega bo’lgan mashina va uskunalarni yaratish, yangi materiallarni olish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, hamda texnikaning muhim nazariy muammolarini xal etish kabi vazifalar kiradi.


3. Magistrlik dissertatsiyasi uning mazmuni va tarkibiy qismlari.
Magistrlik dissertatsiyasi - magistraturada ta‘lim olayotgan talabaning yakunlovchi ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi talabaning o’qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining natijasidir.
Dissertatsiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o’quv yilining ikkinchi semestri (ikkinchi yarmi) boshlangandan keyin ikki xafta davomida taqdim etiladi. Dissertatsiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta‘lim, fan-texnika, shu jumladan, kimyoviy tetexnologiya, to’qimachilik, mashinasozlik, engil sanoat va matbaa, ijtimoiy soxalardagi ilg’or va dolzarb masalalarga bag’ishlanib, muayyan bir vazifani ilmiy yechimini topishga, ishlab chiqarishga, statistik ma‘lumotlar tahliliga qaratilgan bo’lishi shart.
Magistrlik dissertatsiyaning yakuni bo’lib davlat kvalifikatsiyasi attestatsiyasi ya‘ni magistrlik dissertatsiyasi himoyasi hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida talabalar:
ilmiy-tadqiqot izlanishlar olib borishi, kasbiy muammolarni ko’ra olishi va ularni yechishning umumiy usullari va yo’llarini o’rganishi;
o’quv jarayoni va ilmiy faoliyat davomida olingan axborotlarni ma‘lumot va natijalar shaklida mujassamlashtira olishi;
tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashi;
soha bo’yicha echilayotgan ilmiy-texnik, ilmiy tadqiqot masala holatini tahlil qilishi;
ilmiy-texnika, texnik-iqtisodiy va boshqa talablarni shakllantirishi, qo’yilgan masalani yechish uslublarini ko’rib chiqishi va eng samarasini aniqlashi; eng samarali, muqobil yechimni ilmiy, konstruktorlik, texnologik va texnikiqtisodiy jihatdan asoslab berishi;
eng samarali, muqobil yechimning patentga loyiqligini aniqlashi va patent sofligiga tekshira olishi;
ilmiy-texnika masala yechimining natijalari bo’yicha xulosalar va takliflarni shakllantirishi hamda ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida qo’llash imkoniyatini aniqlashi lozim.
Dissertatsiya ishi tanlangan mavzuning ilmiy asosga va natijalarga ega bo’lgan ilmiy yoki ilmiy-amaliy mazmundagi yakuniy malakaviy ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishi shunday ko’rinishda taqdim etilishi kerakki, toki uning asosida mazkur dissertatsiya mazmuni qay darajada yoritilgan va asoslanganligini, uning yangiligini aniqlash oson bo’lsin.
Dissertatsiya ishi bajarilishi, uning muallifi mustaqil ilmiy (amaliy) izlanish olib borgani, mukammal muammolarni topgani va ularni xal qilish yo’llarini o’rgangani haqida dalolat berishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining muallifi ishni bajarishda o’zining ilmiy malakaviy darajasini, ayniqsa mustaqil ilmiy izlanishni olib borish va aniq ilmiy-texnik masalalarni hal etish bo’yicha qobiliyatlarini namayon qila olishi kerak. Magistrlik dissertatsiyasi mantiqiy o’ylangan reja asosida yoziladi. Mazkur reja muammo, tahlil va ilmiy-amaliy masalalarni hal etish yo’llarini ifodalaydi.Xorijiy tajribalarni o’rganish va yig’ilgan materiallardan foydalanish asosida magistrant dissertatsiyada qo’yilgan masalalarni hal etish yo’llarini, milliy ta‘lim tizimi va iqtisodiyotning o’ziga xos xususiyatlarini va tarmoq korxonalari muammolarini hisobga olgan holda aniq mantiqiy takliflar kiritadi.
Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni va tarkibi.
4Dissertatsiya ishining tarkibini ishlab chiqish magistrlik dissertatsiyasining asosiy bosqichi bo’lib hisoblanadi. Dissertatsiya tarkibining to’g’ri tuzilishi magistrantga ilmiy izlanish, maqsad va vazifalarini aniq ifodalashni, qo’yilgan maqsadga erishish usullari, yo’llari va ob‘yektlarini, hamda dissertatsiya ishining bosqichlarini to’g’ri tayyorlashga imkoniyat beradi. Dissertatsiya tarkibini ishlab chiqish uchun magistrant izlanish bo’yicha dastlabki manbaalarni, adabiyotlarni, xorijiy ma‘lumotlarni, mahalliy, ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbaalarni mukammal o’rganish lozim.
Tadqiqot loyihasi mutaxassislik kafedrasi yig’ilishida muxokama qilinadi va dissertatsiya mazmuni bo’yicha kerakli taklif va mulohazalar beriladi.
Magistrlik dissertatsiyasi tarkibi va tuzilishida quyidagilar qayd etiladi: -dissertatsiyaning sar varog’i quyidagicha yoziladi (titul varog’i, 1-ilova): O’ZR. OO’MT Vazirligi, TTESI-shrift 14; qo’lyozma xuquqida-shrift 14; UDK.... –shrift 14; dissertatsiya nomi-shrift 14;
avtor (magistrantning familiyasi va ismi sharifi)-shrift 14; mutaxassislik shifri va nomi-shrift 14; daraja, magistrantning familiyasi va ismi sharifi-shrift 14; ilmiy rahbar-shrift 14.
-dissertatsiyaning MUNDARIJAsi (2 ilova) 1-2 bet:
- KIRISH qismida mavzuni dolzarbligi, muammoning o’rganilganlik darajasi, ilmiy yangilik, tadqiqotning maqsad va vazifalari, natijalarning xaqqoniyligi (eksperimental uslublar) va muqobilligi (natijalarga statistik ishlov berish), tadqiqot ob‘yekti, predmeti, amaliy ahamiyati hamda dissertatsiya ishining hajmi va strukturasi kiritiladi (3 ilova) 4-6 bet.
ADABIYOT SHARHI bobida berilgan muammoning zamonaviy holati (ikki uch qismdan iborat bo’lishi mumkin) 15-20 bet.
ESPERIMENTAL qismi tadqiqot ob‘yekti va predmeti va eksperimental uslublarini tanlash va asoslash 5-10 bet.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI bobi:
tadqiqot natijalarini tahlil qilish; tadqiqot jarayonlarni izohlash va eksperimental qurilma, texnologik sxemalarni taklif etish (3-5 qism, bo’lim yoki paragraflardan iborat bo’lishi mumkin) 30-35 bet.
XULOSA (xulosa, tavsiyalar va takliflar) 1-2 bet.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI-4-5 BET.
ILOVA:
Magistrant tomonidan bajarilgan ilmiy –tadqiqot ishlarining dastlabki, boshlang’ich ma‘lumotlar, avtomatik laboratoriya asbob-uskunalarning analizlari, diagrammalari, spektrlari, qo’shimcha va yordamchi materiallar, sinov, qo’llanilish, tatbiq etish dalolatnomalari, chop ettirilgan ilmiy maqola yoki tezislar to’plamlarining kseronusxalari va shunga o’xshash materiallar keltiriladi. Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish sifatida davriy ilmiy jurnallardagi maqolalar qo’yiladigan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Sar varaq dissertatsiyaning1-beti hisoblanadi va qat‘iy belgilangan qoidalar asosida to’ldiriladi (1 ilova). Sar varaqdan so’ng dissertatsiyada mundarija joylashtiriladi. Mundarijada dissertatsiyaning boblari, paragraflari va boshqa bo’limlari ko’rsatiladi (2 ilova).
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada ko’riladigan muammo, maqsad va vazifalar aks ettiriladi va quyidagi tartibda joylashtiriladi:
tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
tadqiqotning maqsad va vazifalari; tadqiqotning ilmiy yangiligi; tadqiqot predmeti; tadqiqot ob‘yekti; amaliy ahamiyati;
dissertatsiya ishining hajmi va strukturasi; imliy tadqiqot o’tkazish uchun moddiy texnik baza (xom-ashyo, texnologik jihoz, apparatura va hokazo)ning mavjudligi e‘tiborga olinadi.
Birinchi bobda mavzu va qo’yilgan masalalardan kelib chiqib, adabiyot sharhi beriladi. Uning asosiy maqsadi qo’yilgan masala qay darajada o’rganilganligini aniqlashdan iboratdir.
Magistrant ilmiy-tadqiqot manbaalarini o’rganayotganda qaysi muammo hal etilganligi yoki echilmaganligi, hamda nimani yangidan o’rganish kerakligini topmog’i lozim. Buning uchun har bir manbaaga magistrant ilmiy-ijodiy va tanqidiy yondoshmog’i kerak.
Adabiyot sharhi natijasida dissertatsiya ishi maqsadi va vazifalari qayta aniqlanadi. Shuningdek tarkibiy hisoblar, tahlillarga tayanib mavzuning dolzarbliligi asoslanib, pirovard maqsad va vazifalar belgilanadi. Ikkinchi bob dissertatsiyaning asosiy qismi bo’lib, unda nazariy va amaliy masalalar yoritiladi. Qo’llaniladigan materiallar uslubiyat, apparatura, uskunalar, tizimlar asoslanib batafsil yoritiladi.
Dastlabki axborot natijalari keltirilib o’rganilgan manbaalardagi ma‘lumotlar bilan qiyoslanib tahlil qilinadi yoki butunlay yangi natijalar (yangiliklar) olinganligi ta‘kidlanadi.
Uchinchi bobda dastur asosida tajribalar, sinovlar, kuzatuv ishlari, tadqiqotning boshqa turlari aniq rejaga binoan standart yoki nostandart usulda o’tkazilganligi bayon etiladi. Dastlabki natijalarni qayta ishlash standart yoki nostandart usullarda matematik statistika qoidalariga rioya qilinib, komp‘yuterda bajarilishi tavsiya etiladi.
Olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik statistika mezonlari bilan kafolatlanadi.
Omillar, natijalar orasidagi bog’lanish qonunlari klassik usullardan yoki komp‘yuterdagi dasturlardan foydalanib tuziladi va eksperimental (tajriba) natijalari nazariy qonuniyatlar bilan taqqoslanib tahlil qilinadi. Ular asosida tegishli o’rganilayotgan ob‘yekt, jarayon, mahsulot sifati, uslubiyatlar bo’yicha xulosalar chiqariladi. Natijalar, grafik va jadvallar Davlat standarti talablari va qoidalariga rioya etgan holda rasmiylashtiriladi.
Xulosa. Dissertatsiya ishida alohida boblar ham xulosa va takliflar bilan yakunlanadi, lekin uning asosiylari ishning ―xulosa‖ bo’limida jamlanadi. Bunda dissertatsiya ishining ―Olingan natijalar va ularning muhokamasi‖ bobidagi asoslangan ilmiy yangilik va yutuqlar aniq va ravshan yoritilishi lozim.
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishdan avval tadqiqot mavzusi bo’yicha kamida bitta ilmiy maqola va mazkur yo’nalish bo’yicha kamida ikkita ilmiytexnikaviy anjumanlarda ma‘ruza bilan qatnashib, ma‘ruza tezislari to’plamida chop qilinishi tavsiya etiladi.
Dissertatsiya hajmi va uni rasmiylashtirish qoidalari.
Magistrlik dissertatsiyasi bo’limlarini ketma-ketlikda bayonqilish va ularning birbiriga uzviy bog’liqlikda bo’lishi asosiy talablardan biridir.
Dissertatsiya boblarining mazmuni magistrlik izlanishining asosiy maqsadiga javob berishi kerak. Ketma-ketlikni buzuvchi material dissertatsiyaga kiritilmaydi. Ayrim materiallar dissertatsiya oxirida ilova sifatida alohida keltirilishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi nashriyot amaliyotida qabul qilingan standartga muvofiq tikib muqovalangan bo’lishi kerak.
Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi 60-80 varaq matndan (ilovalardan tashqari) iborat bo’lib, A4 (21x29) format qog’ozga komp‘yuterda 1,5 intervalda, Times New Roman, 14 shriftda yozilgan bo’lishi shart. Matnning chap tomoni 30mm, yuqori tomoni 2,5mm, o’ng tomoni 1,5 mm va quyi tomonida 2,5mm bo’sh maydon bo’lishi kerak.
Betning tartib raqami sahifaning osti o’rtasiga qo’yiladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin