Nafosat tarbiyasi – shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda nafosat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon
Nafosat tarbiyasi – shaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda nafosat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalarga ega. Nafosat tarbiyasi shaxsning nafosat madaniyatini egallashiga yo’naltirilgan bo’lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Nafosat madaniyati. Jamiyat va ayrim shaxsning nafosat madaniyati tushunchalari mavjud. Jamiyatning nafosat madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanish tarixi jarayonida to’plangan moddiy va ma’naviy qadriyatlari mazmuni tushuniladi. O’quvchi shaxsining nafosat madaniyati uning jamiyat madaniy merosini faol, ijodiy o’zlashtirishi natijasida hosil bo’ladi. SHaxsning go’zallik bilan o’zaro munosabati, shuningdek, shaxsning ayrim sifatlarini o’zaro ta’siri natijasida nafosat madaniyati doimo o’zgarib turadi. SHaxs nafosat madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari bu nafosat ongi, nafosatni his etishga bo’lgan ehtiyoj, uni qondirish yo’lida tashkil etilgan munosabatlardir.
Nafosat ongi go’zallik, go’zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his-tuyg’usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat ongning tarkibiy qismlari o’ziga xos murakkab tuzilishiga egadir:
Nafosat madaniyati go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichidir. Nafosat ongi go’zallikni qadrlash va uni boyitish yo’lidagi amaliy harakatni keng ko’lamda tashkil etish asosida takomillashib boradi.
Nafosatning asosiy xususiyatlari. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda nafosat idrokining psixologik qonuniyatlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar ilk yoshdagi bolalarga xos hamda rivojlanish, nafosat tajribasi, tasavvurlarning shakllanganlik darajasiga bog’liq. Atrof-olam hodisalari dastlab nafosat sifatida namoyon bo’lmaydi. Bunday bo’lishdan oldin ular idrok etiluvchan, mazmunli, tushunarli bo’lishi lozim. Demak, tarbiyachi, o’qituvchining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, eng murakkab hodisalar hamda go’zallik shakllari, nafosat muammolarini anglab yetishi lozim. Nafosatni idrok etishning muhim unsuri – hissiyotlilik. San’at, borliqni yorqin aks ettiruvchi yuqori badiiy asar mazmunini idrok etishda o’quvchilar quvonch yoki g’azab, qo’rqinch yoki ishonchni his etadilar. Bu tuyg’u go’zallik qonuniyatlari g’oyasi bilan yashashga undaydi.