Pedagogika kafedrasi «umumiypedagogika»


Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo’linadi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə32/36
tarix09.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#138668
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
«umumiypedagogika»

Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo’linadi:
a) kundalik faoliyat an’analari;
b) bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o’z ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog’liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro’z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
An’anaviy bayramlar o’quv muassasalarida turlicha o’tkaziladi. O’quvchilar an’analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bo’lsalargina uning ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
An’analarning yuzaga kelishida o’quvchilarning unga nisbatan munosabati katta ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va o’qituvchilar o’quvchilar jamoasiga muayyan sanalarga bag’ishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qo’ymasligi zarur.
Tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishda o’qituvchilar jamoasi yoki o’qituvchi tomonidan ushbu jarayonda o’quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni an’analarni davom ettirishga o’rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratishlari pedagogik jihatdan ijobiy natijalarni beradi.
Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi o’rni va roli muammosi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratilishini ta’minlaydi:
O’quvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o’quvchilar birlashmasi, guruhidir. O’quvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) o’quvchi hamda o’qituvchilar yo’lboshchilik qiladi. Ular sirasiga guruh rahbari, guruh faollari (xususan, guruh yetakchisi (starosta), «Kamolot» tashkilotining guruh bo’limi raisi, tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muharriri va boshqalar).
O’quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. SHu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to’laqonli ma’lumotlarga ega bo’lishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
YUqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a’zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo’lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur maqsadni amalga oshirish uchun yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa o’zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo’lib, u ko’pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishlariga ko’ra to’rt bosqichdan iborat bo’ladi.
4. Jamoani shakllantirish o’ziga xos metodika asosida amalga oshriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo’yilishi, jamoa faoli (aktivi)ni tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam bo’lishi, uning a’zolari o’rtasida o’zaro yordam hamda hamkorlikning qaror topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.

11- Mavzu: Oila - shaxs tarbiyasining sub’ekti sifatida.
Reja:
1. SHaxs tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning urni.
2. SHarq mutafakkirlari (Forobiy, Beruniy, Ion Sino, YUsuf xos Xojib, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqalar) oila tarbiyasi xaqida.Oilaning tarbiyaviy vazifalari. Oila tarbiyasining xuquqiy asoslari.
3. “Oila kodeksi”. Oilaning xozirgi davrdagi muammolari. Oila tarbiyasida milliy va umuminsoniy an’analardan foydalanish.Oilada o`quvchilar xayotini tashkil etish. Ota-onaning farzand oldidagi va farzandning ota-ona oldidagi burchlari.
4. Oila tarbiyasidagi nizolarni bartaraf etish texnologiyalari. Oila, maktab va jamoatchilik xamkorligi.
Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir.
Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang , serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega.
Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin