Pedagogika-psixologiya fakulteti


TOPISHMOQ O'TISH DARSI NAMUNASI



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/41
tarix01.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#107178
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

         TOPISHMOQ O'TISH DARSI NAMUNASI 

 

Mavzu. Topishmoqlar. 

 Darsning maqsadi: 

1.      O'quvchilarga  topishmoqlarning  janriy  xususiyatlari  haqida  ma'lumot  berish. 

Ularning  topishmoqni  ifodali  o'qish,  javobini  tez  topish  malakalarini  oshirish,  ziyraklikka 

o'rgatish. 

2.  O'quvchilarning muomala madaniyatini oshirish. 



3.      O'quvchilarning  mantiqiy  fikrlash  qobiliyatini  shakllantirish,  ijodiy  faoliyatga 

yo'llash. 



Darsning turi: yangi bilim beruvchi, topishmoq o'qish darsi. 

Darsning  borishi  I.  Da'vat  bosqichi.  Maqsad:  o'quvchilarning  topishmoq  haqidagi 

tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg'otish. Metod: suhbat, izlanish metodi. 

O'qituvchi  xattaxtaga  osmondagi  yulduzlar,  yong'oq,  yer  yong'oq,  arra  rasmlarini  ilib 

qo'yadi  va  quyidagi  topishmoqni  yozadi:  Tunda  ko'rib,  cho'g'  deysan,  Tongda  ko'rib  yo'q 

deysan. Savol-topshiriqlar beriladi: 

—  Shu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping. 

—  Qaysi so'zlar orqali topishmoqlarning javobi „yulduz" eka-nini bildingiz? 

Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi: Qo'shaloq tovoq, Ichi toia yog'. 

—  Qaysi belgilariga ko'ra topishmoqning javobini topdingiz? 3-topishmoq yoziladi: 

Pilla kabi bo'g'indor, Har bo'g'inda mag'zi bor. 

— Yer yong'oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan? 

4-topishmoq: 

Og'zi yo'g'-u tishi bor, Duradgorda ishi bor. 

— Javob qaysi so'zlar orqali topdingiz? O'qituvchi: 

— Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi? 

-   Topishmoqda   narsaning   belgilarini   ifodalovchi   so'zlar bo'ladi. 

—      Topishmoqlarda  ko'pincha  kim?,  nima?  so'zlariga  javob  bo'ladigan  so'zlar 

yashirinadi. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin