Tеz aytishlar
O‘zim uzum uzib yedim. -z-m.
Olma shoxida olmaxon, Olmaxonni olma Olimxon. -m-1.
To‘lqin turpni tunda to‘pladi. -r-t.
Bo‘ri boqqa, Soqi toqqa bordi. -q-t.
Jo‘ja cho‘chib go‘ja cho‘qir. -ch-j.
Bir tup tut, tut tagida turp, Tut turpni turtib turibdi, turp tutni turtib turibdi. -t-r.
Sora allalaydi, Rashid arralaydi. -r-1.
Hashar — hashardan shahar yashar. -sh-r.
Bolalar bilan tez aytishlar mashq qilinganda shoir va yozuvchilarning asarlaridan, xalq
ertaklari va maqollardan ham foydalanish mumkin. Masalan, "Bor ekanda, yo‘q ekan, och
ekanda, to‘q ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, yo‘lbars o‘kirar ekan,
xo‘roz qichqirar ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Ana shunday zamonda qora
tovuqdek qaqillagan bir kampir bo‘lgan ekan".
Shuningdek, quyidagicha badiiy asarlar matnidan foydalanib ham mashqlar o‘tkazish
mumkin:
"Bir boy bor ekan,
uning oti Jomboy ekan,
o‘zi juda boy ekan,
bir choynakda aynab qolgan choy ekan,
yomg‘ir yoqqanda bulutlar orasidan mo‘ralab turgan oy ekan,
suv o‘tmagan soy ekan,
birov minmagan toy ekan,
kigiz ko‘rpasi yo‘q,
birov yotmagan joy ekan,
hech kim ichmagan choy ekan,
ana shunday dong‘i ketgan boy ekan".
Bolalar adabiyoti bilan ishlashda, o‘qilgan asardagi talaffuzi quyin bo‘lgan so‘zlarni
o‘rgatish bilan ham, kundalik turmushda
qo‘llanadigan so‘zlarga diqqatlarini qaratish bilan
ham ularning lug‘at boyliklarini kengaytirib borish mumkin. Asar till ustida ishlashda muallif
tomonidan qo‘llangan ko‘p ma’noli, ma’nolari bir-biriga yaqin hamda qarama-qarshi ma’noli
so‘zlar, ayrim so‘z birikmalari bilan ishlash nutq o‘stirishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Bunday so‘zlar ustida ishlash bilan bolalar yangi bilim va tasavvurlarga ega bo‘ladilar.Ba’zan
fasllarga bog‘liq she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham o‘rgatib borish kerak. Yuqorida
aytilganidek, bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talafruz qilishga, tez-aytishlar orqali ularning
fikrlash qobiliyatini o‘stirishga erishiladi.
Ko'proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab
kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o'rganish boshlang'ich sinf-larda dastlab har bir
darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dare sifatida o'rganishda esa o'qituvchilar turli
usullardan foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |