Xorqazim v, Urganch, 2001 y Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, AVESTO O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. AVESTOda keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. AVESTOdagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.AVESTO uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qo‘shilib borgan. AVESTOni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. AVESTO 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. AVESTO hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik AVESTO" (Xurdak AVESTO) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha AVESTOning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, AVESTO tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). AVESTOning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi. AVESTOda bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.AVESTO ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. AVESTOning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 87kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.AVESTO o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manbAvesto "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.AVESTO Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar). O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 yil 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga ko‘ra 2001 yilning oktabr oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari. Oʻrxun-Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan. Oʻzbekiston hududida (Fargʻona, Surxondaryo v.b. joylar) dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan.
Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ning lashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan.
Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulugʻ bitikdan (muallifi Yoʻllig tigin) iborat. Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi. Asarda Tabgʻach, Tibet, Sugʻd, Turgash, Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.
Bitiktoshlar 19 asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya, Finlyandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari maʼlum. Oʻzbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan
VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk xalqini uzoqni ko’ra olmaganligi natijasida Tabg’ach eliga qaram bo’lib qolganligi, kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha uqtiriladi: «So’zimni tugal eshitgil, keyindagi inim, urug’im, xalqim….. bu so’zlarni yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg’ach xalqining so’zi shirin, ipak kiyimi nafis….ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ey turk xalqi, o’lding».
Pedagog olima A.S.Kaldibekovaning fikricha, bu bitigtoshlarda bolalarni baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Bitigtoshlarda turk xalqining Tabg’ach xonligiga qarshi olib borgan urushlari ham ifoda etilgan. Biroq turk xonlari (To’nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon, Eltarish hoqon) Tabg’ach xonlarining botirligi, siyosatdonligi, ishbilarmonligi, vatanparvar hamda elsevarligini inkor etmaydi. Ayni shu jihatlarni turk xalqida mujassam bo’lishini chin dildan istaydi. Shu bilan birga Tabg’ach xonlarining boshqa xalqlar ozodligi, iqtisodiyoti, madaniy hayotiga xavf solayotgani oshkora ko’rsatib berilgan. Agar ular bu qusurlarni bartaraf etishsa, ular bilan har tomonlama aloqalarni yo’lga qo’yish foydali ekanligi ta’kidlanadi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR Pedagogika tarixi qanday davrlashtiriladi?
Xalq pedagogikasida qanday didaktik g’oyalar ifodalanadi?
«Avesto»da ta’lim-tarbiyaning qanday modeli aks etgan?
O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari.