Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


QO‘LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: ma’ruza, BBB, namoyish, aqliy hujum, klasster, ZOOM dasturi orqali videodars



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə39/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

QO‘LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: ma’ruza, BBB, namoyish, aqliy hujum, klasster, ZOOM dasturi orqali videodars.
Tayanch tushunchalar: Xalqaro reyting, “Taraqqiyot strategiyasi”, diniy bag‘rikenglik, Ijtimoiy soha, millatlararo totuvlik, tashqi siyosat

Jahon banki «Biznes yuritish 2020» yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) so‘nggi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan to‘rtta islohotni amalga oshirgani to‘g‘risidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019 yilda O‘zbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 7 pog‘onaga ko‘tarildi.


2019 yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018 yil uchun e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma’lum bo‘ldi. Xususan, «Korrupsiyani nazorat qilish» indeksida 1 pog‘onaga, «Hukumat samaradorligi» indeksida 3 pog‘onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog‘onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 4 pog‘onaga, «So‘z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog‘onaga ko‘tarildi.
Seminarda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi Farmoni bilan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilayotgani, davlat organlarining birinchi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul qilib belgilangani alohida qayd etib o‘tildi.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa o‘z navbatida ko‘zlangan natijaga erishishda ayni muddao bo‘lishi qayd etildi.
So‘nggi to‘rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga ko‘tarilgan.
Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo‘llanib kelinadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz ko‘pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta’minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining ­(YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o‘rinni, MDHga a’zo davlatlar orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o‘rinni egalladi.
Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilmoqda. Barcha sa’y-harakatlarimiz, islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo‘lsa, turli reyting va indekslardagi o‘rnimiz o‘z-o‘zidan oshib boraveradi.
Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020 yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o‘rindan 69-o‘ringa ko‘tarilishimizga, “Transparency International”ning Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o‘rni yaxshilanishiga olib keldi.
Shu bilan birga, bu yo‘nalishda hali qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar talaygina. Prezidentimiz farmoni asosida davlat organlari faoliyati natijadorligini oliy, ya’ni parlament darajasida nazorat qilish belgilanganidan maqsad — bu borada vazirlik va idoralar rahbarlarining mas’uliyatini oshirishdir. Shu bois, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis deputatlari va senatorlarining xalq tomonidan saylanishini inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur mexanizm sohadagi chora-tadbirlar ijrosi ustidan xalq nazorati o‘rnatilganligini anglatadi.
Endilikda vazirlik va idoralar rahbarlari o‘zlari mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarda ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan respublika kengashida hisobot berib boradilar.
Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o‘rnining yaxshilanishi ko‘p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog‘liq. Shuning uchun ham kengash tarkibiga mahalliy hokimlar kiritildi. Bu esa qonun talablarining joylardagi ijrosi yuzasidan muammolarni vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi.
Shu orqali bu yo‘nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning o‘zaro hamkorligi ta’minlanadi, sansalorlik holatlarining oldi olinadi, barcha ishlar muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.
Albatta, bu ko‘p vaqt sarflanadigan, progressiv bilimlarni talab etuvchi yangi jarayonlardan biri. Bu, shubhasiz, mas’ul davlat organlarining o‘zlariga biriktirilgan xalqaro reyting va indekslar metodologiyasini izchillik bilan o‘rganish, uni to‘g‘ri talqin qila olgan holda amaliyotga tatbiq eta olish, xalqaro reyting va indeksni beruvchi tashkilot bilan aloqalarni o‘rnata olish bilan bog‘liqdir.
Ochig‘i, barcha vazirlik va idoralar, ayniqsa, joylardagi hokimliklar yoki parlament a’zolarining barchasi ham masalaning tub mohiyatini to‘la anglab etdi, deb aytish mushkul. Yuqorida aytganimdek, reyting va indekslar joylardagi vaziyatga bog‘liq, qonunlarning ijrosiga bog‘liq. Ming afsuski, joylardagi hokimliklar yoki davlat organlari vakillarining ba’zida bilib-bilmay aytgan gap-so‘zlari yoki xatti-harakatlari reyting va indekslardagi o‘rnimizga salbiy ta’sir qiladi.
Shu o‘rinda barcha rahbarlar, ular qaysi darajadagi rahbar bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z harakatlarini qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari zarur ekanini yana bir karra ta’kidlamoqchiman. Odamlar bilan muloqotlarda esa inson sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi shart.
Har bir tizimda ishlarimizni samarali tashkil etish maqsadida barcha vazirlik va idoralarda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilishiga erishdik. Bu esa ishimizni ancha osonlashtiradi. Ajratilgan alohida xodimlar doimiy ravishda o‘zlarining vazirligi yoki idorasi mas’ul bo‘lgan xalqaro reyting va indeks bo‘yicha ish olib boradi.
Xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati, oldimizda turgan ustuvor vazifalarni belgilash, reyting agentliklarining metodologiyalarini o‘rganish maqsadida mahalliy hokimliklar hamda vazirlik va idoralar mas’ullari uchun maxsus treninglarni boshladik.
Shu bilan birga, eng asosiy ishimiz qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini, bir so‘z bilan aytganda, qonun ustuvorligini ta’minlashdir. Bu borada biz parlament va jamoatchilik nazoratini qat’iy yo‘lga qo‘yishga kirishdik va, albatta, ijobiy natijalarga erishamiz.
O‘zbekistonning ushbu xalqaro indekslarda e’tirof etilmaganiga bir necha sabablar bor. Masalan, Jahon iqtisodiy forumining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga mamlakatimizni kiritish masalasi yuzasidan Moliya vazirligi olib borgan muzokaralar natijasida indeksga kirish jarayoni 2 yil muddatni talab etishi ma’lum bo‘ldi.
Birinchi yilda tashkilot tomonidan O‘zbekistonda rasmiy so‘rovnoma o‘tkazish uchun hamkor, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tanlab olinadi va so‘rovnoma o‘tkaziladi. Ikkinchi yilda so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekistonning indeksdagi norasmiy o‘rni belgilanadi hamda ularning O‘zbekiston ko‘rsatkichlarining haqiqiy tendensiyalari bilan qay darajada mos kelishi tekshirib ko‘riladi. ­Tendensiyalar maxsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida muntazam kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi.
Xalqaro byudjet hamjamiyatining “Byudjet ochiqligi indeksi”ga kirish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, indeks bo‘yicha mamlakatda tadqiqot o‘tkazish uchun zarur resurslar (jumladan, mablag‘lar) faqatgina xalqaro nodavlat tashkilotlar va institutlar (donorlar) hisobidan amalga oshiriladi.
Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o‘tkazishdagi mahalliy hamkor sifatida mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bo‘lishi zarur. Mazkur indeks hisobotida mamlakatimizni aks ettirish bo‘yicha yakuniy qaror tashkilotning joriy yil avgust oyidagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishiga kelishilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”da O‘zbekistonni e’tirof etish maqsadida tuzilma mas’ul rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan birgalikda “Investitsion siyosat sharhi — O‘zbekiston” nomli hisobotni ishlab chiqish va bu orqali indeksda mamlakat o‘rnini aks ettirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Kornell universiteti, Xalqaro intellektual mulk tashkilotining “Global innovatsiyalar indeksi”da mamlakatimiz o‘rnini aks ettirish masalasida Innovatsion rivojlanish vazirligi muzokaralar o‘tkazmoqda. Hozir ushbu indeksda talab etilgan zarur statistik ma’lumotlarni jamlash bo‘yicha hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Albatta, bunday ma’lumotlar turli axborotnomalar shaklida tegishli tashkilotlar, xususiy investorlar hamda xalqaro ekspertlarga jo‘natilmoqda. SHuningdek, ular vazirliklarning rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida ham keng jamoatchilik e’tiboriga havola etib borilmoqda.
Bundan tashqari, ayrim reyting va indekslarda talab etilgan statistik ma’lumotlar respublikamizning davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan statistik ma’lumotlar bazasiga asoslanadi.
Masalan, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami 206 ta milliy indikator tasdiqlangan. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan yaratilgan maxsus saytga bu boradagi zarur ma’lumotlar doimiy ravishda joylashtiriladi. SHuningdek, xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma’lumotlar davlat idoralari tomonidan muntazam yangilanib boriladi.
Misol uchun, hukumat portali doirasida “Ochiq ma’lumotlar portali” ishga tushirilgan. Mazkur portal Davlat statistika qo‘mitasining davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar bazasi yuritilishi va yangilanishi, shuningdek, tegishli axborotlarning o‘z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlar tadbirkorlar va aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalariga, nodavlat notijorat tashkilotlar ma’lumotlariga hamda milliy va xorijiy ekspertlar xulosalariga tayanadi. Bu esa, o‘z navbatida, respublika miqyosida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohadagi islohotlar va ularning natijalaridan mahalliy aholi va tadbirkorlar qay darajada xabardor ekanini ko‘rsatib beradi.
Asosan, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o‘rinlari nisbatan quyi pog‘onalarda. Masalan, So‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o‘rinda, Normativ sifat indeksida 184-o‘rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o‘rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o‘rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o‘rinda turibmiz. Albatta, so‘nggi 3-4 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga soluvchi ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institutsional o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Xususan, mamlakatimizda so‘z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to‘siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu boradagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, turli organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yurituvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi.
Qator sohalardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq qonunchilikning jadal rivojlanishi ayrim hollarda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan ko‘plab normalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. SHuning uchun ham qonunchilikni tubdan qayta ko‘rib chiqish, uni tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ijrosi monitoringini takomillashtirish maqsadida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Biroq shuncha ishlarga qaramay, indekslardagi ko‘rsatkichlar bu borada hali kamchiliklarimiz borligini ko‘rsatib turibdi. Shu bois, qator muhim vazifalarni belgilab olganmiz. Eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishimiz zarur bo‘ladi.
Shuningdek, davlat organlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy baholash tartibini belgilash va davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha reytingini shakllantirishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.
Shu bilan birga, mamlakatimizning Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi (GREKO) xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lishi va bu tashkilotning korrupsiyaga qarshi tegishli konvensiyalari talablarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish masalasini ham o‘rganib chiqishimiz lozim.
Ommaviy axborot vositalari, fikrlar xilma-xilligi va so‘z erkinligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashimiz zarur. Ayniqsa, jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga to‘sqinlik qilishga oid huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlikni belgilashimiz kerak.
Respublikaning siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda quyi pog‘onalardan joy olganligining sabablaridan yana biri mazkur reyting va indekslar, asosan, jamoatchilik fikri va xalq­aro ekspertlar xulosasi asosida shakllantirilishidadir. Qolaversa, indeks yurituvchi tashkilotlar so‘rovnomalari faqatgina mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bilan hamkorlikda o‘tkazilishini inobatga olib, respublika miqyosida bunday tashkilotlar kamligi hamda ular tomonidan tadqiqot ishlarini amalga oshirish salohiyati cheklanganligi kabi omillar ham bunga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu o‘rinda alohida qayd etishimiz zarur, har bir davlat organi, ayniqsa, respublika darajasidagi vazirlik, idora, tashkilotlar huzurida nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilib, ular bilan yaqin hamkorlik o‘rnatilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Albatta, O‘zbekiston umumiy reytingda 6 ta pog‘onaga pasaydi. Lekin reytingni shakllantiruvchi komponentlar bo‘yicha birmuncha o‘sish kuzatilgan. Masalan, ushbu reytingning “Inson kapitali”, “Elektron ishtirok” va “Telekommunikatsiya infratuzilmasi” indekslari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 0,01 dan 0,14 punktgacha oshgan.
“Elektron ishtirok” indeksi bo‘yicha respublikamiz o‘zining ko‘rsatkichini 0,80 punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi o‘rnini 13 pog‘onaga ko‘tardi va 46-o‘rinni egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Vaholanki, 2018 yilda ushbu indeks bo‘yicha mamlakatimiz 59-o‘rinda edi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonga ochiq ma’lumotlar bo‘yicha eng yuqori ball berildi. Albatta, “Elektron hukumatni rivojlantirish” reytingidagi o‘rnimiz pasayishiga ayrim omillar ta’sir qildi. Eng avvalo, ta’kidlash joizki, 2018 yildan joriy yilning aprel oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud bo‘lmagan. Natijada reytingni oshirish bo‘yicha aniq belgilangan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmagan va tegishli ishlar etarli darajada tashkil etilmagan. Hozir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu ishga mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta’lim, mehnat, ijtimoiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlari ham talabga to‘liq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu saytlar reytingning “Elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat bo‘yicha baholab boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil ­qurilmalardan foydalanish uchun moslashgan shakllari etarli darajada joriy etilmagan.
Shuningdek, tranzaksiya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli yig‘imlar va jarimalarni to‘liq elektron tarzda to‘lash ham oxiriga etmaganligi reytingdagi o‘rnimizga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Reytingning “Inson kapitali” komponenti bo‘yicha ham ishlashimiz kerak bo‘lgan ayrim kamchiliklar bor. Masalan, masofaviy o‘qitish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayotgani, oliy ma’lumotga ega aholi qatlami bo‘yicha aniq ma’lumotlar yetarli emasligi reytingdagi o‘rnimizga ta’sir qilmoqda.
Mobil aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan “Telekommunikatsiya infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmog‘i etib bormaganligi ham reytingdagi o‘rnimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Bu kamchiliklarni to‘g‘rilash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olganmiz. Umid qilamizki, navbatdagi hisobotlarda ushbu yo‘nalishda mamlakatimiz o‘rni yanada yaxshilanishiga erishiladi.
Mamlakatimizni 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
2. Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:
a) 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo‘jayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi — to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab birinchi — to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, loyihada ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin;
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasini kiritsin:
ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash.
3. Mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida 2022-yilda:
mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilsin;
barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni o‘rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilansin;
mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali mahallalarning xalq oldidagi nufuzi oshirilsin;
mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari qayta ko‘rib chiqilib, moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilsin;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilsin;
mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi infratuzilmani yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilsin;
mahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida ko‘rilishi majburiy bo‘lgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yo‘lga qo‘yilsin;
fuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilsin.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik, shu jumladan mahalla tizimida ko‘p yillik ish stajiga ega xodimlarni jalb qilgan holda mahalla faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va yangilangan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
a) 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) o‘rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 605 mlrd so‘m ajratilsin;
141 mingta yangi o‘quv o‘rinlari yaratilsin va ularning soni 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazilsin.
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi o‘quv o‘rinlarini yaratish va maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha choralarni ko‘rib borsin.
5. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
a) hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini “bir qadam” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etilsin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda tegishli qurilish ishlarini 2022-yil yakuniga qadar yakunlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rsin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yo‘llashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish mexanizmi joriy qilinishini ta’minlasin.
6. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar:
2022-yilda iqtidorli o‘qituvchi va shifokorlarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirish;
xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o‘qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida:
a) 2022-yilda yillik inflatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko‘rilib, keyinchalik inflatsiya va Davlat budjeti taqchilligi ushbu ko‘rsatkichdan oshmasligi ta’minlab borilsin.
Bunda, davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqarilsin.
Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) Markaziy bank (M. Nurmuratov) bilan birgalikda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni doimiy ravishda ko‘rib borsin;
b) 2023-yildan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizgacha hamda bank, moliya va telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi 15 foizgacha tushirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish orqali 2026-yilga qadar iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 20 foizga qisqartirish choralari ko‘rilsin.
Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida quyidagi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin:
Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) 2022-yil 1-martga qadar — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish dasturlari;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B. Abdinazarov), Energetika vazirligi (A. Sultanov) 2022-yil 1-iyunga qadar — sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash dasturi hamda elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish tizimini yaratish bo‘yicha qaror.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani uchun maxsus soliq stavkalarini o‘rnatish tajribasi asosida sharoiti “og‘ir” bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish ishlari davom ettirilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimini joriy etish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. 2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarni yagona elektron reyestrga kiritish tartibi joriy etilsin hamda takrorlanuvchi va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan majburiy talablar qayta ko‘rib chiqilib, yagona reyestr 2025-yil 1-iyuldan boshlab to‘liq ishga tushirilsin.
Adliya vazirligi (R. Davletov) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Qosimov) va Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqish va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yagona reyestrga kiritish hamda ushbu reyestrni 2025-yilga qadar to‘liq ishga tushirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
10. 2022-yil 1-aprelga qadar tadbirkorlik subyektlarida masofaviy (onlayn) faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlarining mavjudligidan hamda ularning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish tartib-taomillari quyidagilarni inobatga olgan holda soddalashtirilsin:
ayrim faoliyat turlariga faqat malakaviy talablarni belgilash orqali bino va inshoot, xona, asbob-uskuna, texnika vositalari, boshqa jihozlar hamda ularga bo‘lgan shartlarni bekor qilish;
faoliyat yo‘nalishidagi ehtiyojdan kelib chiqib mutaxassisni tanlash huquqini berish orqali shtatida mavjud bo‘lishi shart bo‘lgan xodimlarga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish;
muayyan faoliyat bilan ko‘chma tartibda, shu jumladan avtotransport vositalaridan foydalangan holda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish;
xizmat ko‘rsatish mamlakat hududidan tashqarisida amalga oshirilishi sababli xorijdan kelgan buyurtmalar bo‘yicha milliy standart va talablarni bekor qilish;
“bog‘lovchi-operator” sifatida masofaviy xizmatni ko‘rsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari (agregatorlar) faoliyatiga doir maxsus shartlarni belgilash orqali ayrim litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni olish bo‘yicha talablarni bekor qilish.
Adliya vazirligi (R. Davletov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar talablarining mazkur bandga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
11. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor uchun keng yo‘l ochish maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 dan ortiq faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalar tugatilsin:
2022-yilda — 14 ta, shu jumladan sertifikatlashtirish xizmatlari;
2023 — 2025-yillarda — 11 ta, shu jumladan neft mahsulotlarini saqlash, temir yo‘llarda tashishda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, aerovokzal va vokzal oldi komplekslarini yuritish xizmatlari, temir yo‘lda ekspeditorlik xizmatlari.
12. Taraqqiyot strategiyasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida hududlar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi o‘rnatilsin:
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili barcha tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda hududlar kesimida taraqqiyot dasturlari ishlab chiqiladi;
har chorak yakuni bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan xalq deputatlari Kengashlariga, Bosh vazirning o‘rinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari esa Oliy Majlis palatalariga hisobot beradi;
ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish va ustuvor tarmoqlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim loyihalar barcha hududlarning talablari va mahalliy tashabbuskorlarning takliflarini inobatga olgan holda mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganidan keyin qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan respublikaning hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar loyihalarini tasdiqlasin.
13. Davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida:
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari tomonidan doimiy ravishda mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasiga ko‘ra ularni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, e’lon qilib borilsin;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilib borish tizimi yaratilsin;
har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yilsin.
Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda to‘rt oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan qaror loyihasini kiritsin.
14. Davlat xizmatlari qamrovi va tezkorligini oshirish, ularning ko‘rsatilishida aholining barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olinishini ta’minlash maqsadida 2022-yilda:
fuqarolarga hujjatlarni berish va almashtirishda, shuningdek o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin;
“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinsin;
keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini soddalashtirish va ularga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qo‘shimcha qulayliklar yaratilsin.
Adliya vazirligi (R. Davletov) va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) 2022-yil 1-oktabrga qadar davlat xizmatlari tizimini xalqqa yanada yaqinlashtirish, navbatlarni qisqartirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va xususiy sektorga o‘tkazish choralarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda:
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etilsin;
qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyatini, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibiga amal qilinishi qat’iy ta’minlansin;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritilishi yo‘lga qo‘yilsin.
16. Jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinsin.
Ushbu tizim doirasida jazoni o‘tab bo‘lgan va o‘zining tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda aniq loyihalarini taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) uch oy muddatda “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) va Transport vazirligi (I. Maxkamov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda rivojlangan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish bo‘yicha dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, yo‘l infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish, harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish uchun barcha ishtirokchilarga munosib sharoitlarni yaratish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlashga hamda “Ochiq budjet” axborot portali orqali yo‘naltiriladigan mablag‘lardan aynan mazkur yo‘nalishda samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilsin.
18. 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) hamda uning ishchi guruhi tarkiblari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiya va ishchi guruh zimmasiga Taraqqiyot strategiyasiga kiritilgan tadbirlar to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va monitoring qilish, shuningdek, uni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarining tayyorlanishini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
19. Belgilab qo‘yilsinki:
Taraqqiyot strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ustuvor vazifasi hisoblanadi;
Taraqqiyot strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
20. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ta’sischilarining “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq tadqiqot va “aql” markazi sifatida qayta tashkil etish hamda quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatish to‘g‘risidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlansin:
tegishli yo‘nalishlarda aniqlangan tizimli muammolarni, jumladan byurokratik to‘siqlar, qonunchilikdagi nomuvofiqliklar, ishlamayotgan huquqiy mexanizmlar, eskirib ketgan qoidalarni umumlashtirish;
ko‘tarilayotgan tizimli muammolar va Taraqqiyot strategiyasida yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, tegishli davlat organlari vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar tashkil etib borish;
tadbirkorlar, olimlar, ekspertlar hamjamiyati va jamoatchilik vakillari bilan birga tizimli muammolarni muhokama qilgan holda, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha mavzuli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish.
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Taraqqiyot strategiyasi” markazining faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish, shuningdek islohotlarni amalga oshirish jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish uchun “ilmiy maydon” yaratish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
21. “Yuksalish” umummilliy harakati va “Vatandoshlar” fondining Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonlariga milliy va xalqaro hamjamiyatni keng jalb qilib borishga qaratilgan quyidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholab borish maqsadida “Yuksalish” umummilliy harakati huzurida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat yillik muqobil hisobotlar tayyorlab boruvchi Mustaqil monitoring va baholash jamoatchilik guruhini tashkil etish;
hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va tizimli ravishda jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazib borish;
fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan tashabbuslarni umumlashtirib, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda jamoatchilik loyihalarini ilgari surish.
22. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan tahliliy va axborot materiallarini Internet jahon axborot tarmog‘ida va ommaviy axborot vositalarida aks ettirib borish choralarini ko‘rsin.
23. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining joylardagi ijrosi natijadorligini aholiga yetkazish bo‘yicha onlayn portalni ishga tushirsin.
Bunda, chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha aholining fikrlari, taklif va e’tirozlarini qabul qilgan holda ilgari surilgan tashabbuslar tizimlashtirilib, har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borilsin.
24. Vazirlar Mahkamasi:
muntazam ravishda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etsin;
har chorakda Taraqqiyot strategiyasi, Davlat dasturi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ijro etish holatini har tomonlama muhokama qilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rib borsin;
Taraqqiyot strategiyasini keyingi yillarda amalga oshirish bo‘yicha yillik davlat dasturlari loyihalarini o‘z vaqtida tayyorlab borilishini ta’minlasin.
25. Adliya vazirligi Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi, jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishiga amaliy yordamni ko‘rsatib borsin;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni ta’minlasin;
monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har oyda Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
26. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini ta’minlasin.
27. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
saqlanib qolmoqda.
MUSTAQIL TA’LIM
Topshiriq shakli: LOYIHANI ISHLAB CHIQISH
Mustaqil ishning maqsadi: bashorat qilish, loyihalash, modellashtirish qobiliyatini rivojlantirish.
Loyiha - bu "natijalarning sifatiga, mablag‘lar va resurslarni sarflashning mumkin bo‘lgan chegaralariga va muayyan tashkilotga qo‘yiladigan talablar bilan alohida tizimni vaqt bilan cheklangan maqsadli o‘zgartirish".
Mustaqil ishning kutilayotgan natijalari: - talabalarning fan va ta’limning zamonaviy muammolariga oid bilimlaridan ta’lim va kasbiy muammolarni hal qilishda foydalanishga tayyorligi; - tadqiqot muammolarini original hal qilish uchun individual ijodiy qobiliyatlardan foydalanishga tayyorlik; - bashorat qilish, loyihalash, modellashtirish qobiliyati.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin