Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


- Mavzu. Mustaqillik yillarida pedagogik kadrlar tayyorlash



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə41/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

15- Mavzu. Mustaqillik yillarida pedagogik kadrlar tayyorlash, fan va ta’limning integratsiyon jarayonlari.

    1. Mustaqillik yillarida pedagogik kadrlar tayyorlash.

    2. “Uchinchi renessans” poydevorini yaratishda fan sohalarining o‘rni, ta’lim yo‘nalishlari va pedagogik kadrlarining ahamiyati.

    3. 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va mahalla yili” davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

    4. O‘zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” mazmun mohiyati.

QO‘LLANILADIGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI: ma’ruza, BBB, namoyish, aqliy hujum, klasster, ZOOM dasturi orqali videodars.
Tayanch tushunchalar: Inson qadri, “Uchinchi renessans”, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikum, professional ta’lim muassasalari, Yangi O‘zbekiston g‘oyasi.
Mustaqillik yillarida pedagogik kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari. Pedagogik kadrlar tayyorlashning jahon andozalari darajasiga olib chiqilishi. Pedagogika sohasi bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoevning konseptual fikr va mulohazalari va ularni amalga oshirish chora tadbirlari. Fan sohalari bo‘yicha erishilgan yutuqlar. Turli ta’lim yo‘nalishlari doirasidagi islohotlar, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va muammolar. Fan, ta’lim, ishlab chiqarish sohalarining integrasion jarayonlari. Respublika yoshlarining xalqaro baholash dasturlaridagi faol ishtiroki va ularning jahon miqiyosida e’tirof etilishi. “Uchinchi renessans” poydevorini yaratishda fan sohalarining o‘rni, ta’lim yo‘nalishlari va pedagogik kadrlarining ahamiyati. Yangi O‘zbekiston g‘oyasi asosida mamlakat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasidagi islohotlar, olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar, ularning natijalari. Biznes va tadbirkorlikni yanada qo‘llab- quvvatlash borasida Prezident Farmoni va Qarorlari, ularning mazmuni va mohiyati. 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va mahalla yili” davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirildi.
11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib chiqqan holda olimlar, amaliyotchi o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilikning fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo‘yicha o‘quv rejalari qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni o‘rgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham o‘qitiladi. O‘quv dasturlari asosida 10-sinf o‘quvchilariga umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop etilib, joylarga etkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 10-11-sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga kasb-hunar o‘rgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.
Kasb-hunar kollejlarida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar ro‘yxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. Ya’ni 11-sinf o‘quvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari bo‘yicha o‘z ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bo‘lgan kichik tibbiy hamshira, oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompyuter grafikasi mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning o‘rgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir xil naf keltiradi. E’tiborlisi, joylarda tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida o‘rgatiladi va mehnat bozoridagi ehtiyojga ko‘ra kasblarning turi o‘zgarib turadi.
10-11-sinf o‘quvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy ta’lim o‘qitiladi. Bitiruvchilarga o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat bilan birga kasb malakasi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. Shu bilan birga, o‘quvchilarda kasblarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzluksiz etkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab kasbga yo‘naltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yo‘naltirish alohida fan sifatida o‘qitiladi.
Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan o‘quvchilarda qaysi kollejda o‘qishni davom ettirish borasidagi savol ko‘ndalang turardi. Ba’zilari majburlikdan u, yoki bu kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham tarbiyasida salbiy holatlar paydo bo‘la boshlardi. Bu esa, o‘z navbatida, voyaga etmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab bo‘ldi.
Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, o‘quvchilar 11 yillik ta’lim sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo‘lib ulg‘ayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bo‘sh vaqti ustidan mahalla-ko‘y va jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin