Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


Galereya – (fr. – peshayvon) binoning ikki qismini birlashtiruvchi usti yopiq uzun yo‘lak; tomosha zalida eng yuqorigi yarus. Genezis



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə50/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Galereya – (fr. – peshayvon) binoning ikki qismini birlashtiruvchi usti yopiq uzun yo‘lak; tomosha zalida eng yuqorigi yarus.
Genezis – yunon. genesis- kelib chiqish; paydo bo‘lish, tashkil topish jarayoni.
Global – fran. global-umumiy); umuman olganda, butun er yuzi bo‘ylab.
G‘oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr
G‘oyaviy bo‘shliq – deb, eski hukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog‘liq tuShunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, o‘tmish va kelajakka dahldor qadriyatlar, tuShuncha va tasavvurlarni to‘liq anglab etmasligi oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bo‘shliqqa aytiladi.
Gumanizm (insonparvarlik) – tenglik, adolat, o‘zaro hurmat, inson qadrini ardoqlash, odamlar farovonligi uchun g‘amxo‘rlik qilish g‘oyalari singdirilgan dunyoqarash.
Davlat – muayyan hududda jamiyat va uning siyosiy tizimini tashkil etish usuli, hokimiyatning markaziy instituti, jamiyatning siyosiy tashkiloti bo‘lib, ma’lum bir hudud va unda yashovchi xalqlarni o‘z ichiga oladi. Jamiyatni boshqaruvga tizim sifatida Davlat ichki tizimga o‘z vakolatlarini amalga oshirish uchun maxsus organlarga ega. Davlat odamlar va jamoat guruhlarining faoliyati hamda munosabatlarini tashkil etadi, ularni yo‘naltiradi va nazorat qiladi.
Davlat tassarrufidan chiqarish – davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Daxldorlik hissi – fuqarolarning tug‘ilgan joyi, ona Vatani, mustaqillikni anglash, uni asrab-avaylash, himoya qilish, uni yanada rivojlantirishga chorlaydigan, shart-sharoit, omillar majmui.
Delimitatsiya – (lot. – chegaralamoq, ajratmoq) davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash; belgilangan chegaralarni qayta ko‘rib chiqish.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin