Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


Diskurs – ingl. discourse < lat. discursus – suhbat, muomala, monolog, dialog. Doktrina –



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə52/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Diskurs – ingl. discourse < lat. discursus – suhbat, muomala, monolog, dialog.
Doktrina – (lotincha – ta’limot; o‘qimishlilik) Ilmiy yoki falsafiy ta’limot, nazariya; asosiy nazariy yoki siyosiy nuqtayi nazar.
Dotatsiya (lot. - tuhfa) – ma’lum harajatlarni qoplash uchun iqtisodiyotning bir sub’yekta tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablag’i berilishi.
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig‘indisi. Jamiyat tarixiy, moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
Jamoat birlashmalari – fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan birlashmalari. Ularga kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari kiradi.
Identifikatsiya – (lot. o‘xshatmoq, tenglashtirmoq, baravarlamoq) monandlik. Siyosiy identifikatsiya - u yoki bu siyosiy guruhga o‘zini boshqalardan ajratish imkonini beruvchi barqaror belgilar, xususiyatlar birligi.
Ijtimoiy adolat – barcha ijtimoiy toifalarning jamiyatda o‘z o‘rni mavjudligini va qonun oldida ularning o‘zaro teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof etish.
Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro‘yobga chiqadigan manfaatlaridir.
Ijtimoiy uyushmalar – fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik asosida vujudga keluvchi, lekin o‘z faoliyati natijasida daromad olishni ko‘zlamaydigan tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniy-ma’rifiy, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, jamg‘armalar, assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar). Demak, fuqarolarning har qanday ko‘ngilli uyushmasi – ijtimoiy uyushmadir. Mavjud siyosiy hayotni o‘zgartirishga yoki unga ta’sir etishga urinuvchi ijtimoiy uyushmalar siyosiy, deb qaraladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin