Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə57/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Liberallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo‘lishini, jamiyatning evolyusion rivojlanish yo‘lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot.
Logistika – (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoliyatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi.
Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirish jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash va bunyod etish yo‘llari va uslublari majmui.
Magistral – (lot. — bosh, asosiy) asosiy yo‘l. Qatnov yo‘li, umuman, tarmoqlangan sistemalarning asosiy qismi.
Magistr – (lot. – boshliq, ustoz) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o’rtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy ta’lim kursidan so’ng qo’shimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.
Mahalliy (yoki munitsipal) boshqaruv – ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining manfaatlarini ifodalaydigan va saylab qo‘yiladigan organlar hamda ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga molik ishlarni boshqarish.
Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo‘lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Ma’naviy jasorat – er yuzida barcha o‘lmas obidalarni, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va ixtirolarni, mumtoz san’at va adabiyot durdonalari hamda mardlik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan insonlarning mislsiz aql-zakovati vayuksak ma’naviy salohiyatini ifodalaydi.
Ma’naviy tahdid – tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion hurujlarni nazarda tutadi.
Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin