Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə61/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Prinsip – lot. principium-asos, dastlabki, boshlang‘ich; asos bo‘ladigan poydevor g‘oyalar; xulq, faoliyat va hatti-harakatning asosiy qoidasi.
Proporsional – (proportionalis-mutanosib; saylovlarda nomzodlar uchun beriladigan ovozlar ro‘yxatlar bo‘yicha beriladigan, har bir ro‘yxat uchun berilgan ovozlarga mutanosib ravishda joy egallanadigan saylov huquqi tizimi.
Ratsional – (lot. rationalis-oqilona); maqsadga muvofiq, asoslangan, dalillangan (eng to‘g‘ri yo‘l ma’nosida ham ishlatiladi).
Rejim – fran. rejime; davlat tuzumi, idora etish obrazi.
Referendum – (lotincha – ma’lum qilinishi zarur bo‘lgan narsa) Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash.
Sammit – (ingl. – tepa, yuqori, cho‘qqi; yuksak daraja) ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchraShuvi; oliy darajadagi kengash.
Sanksiya – huquqshunoslikda huquqbuzarga nisbatan qo’llaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora.
Saylov – aholining rasmiy mansabni egallash uchun biror shaxsni tanlashi jarayonidir.
Saylov huquqi – davlat boshlig‘i, vakillik organlari va boshqani saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yig‘indisi. Saylov huquqi, odatda, konstitutsiya va saylov to‘g‘risidagi maxsus qonunlar bilan belgilanadi.
Seminariya – 1) Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari tayyorlaydigan maxsus o‘quv yurti; 2) xristian cherkovlari uchun ruhoniylar tayyorlaydigan o‘quv yurti.
Senat – lot. senatus-eski, qariya; ko‘pchilik mamlakatlar parlamentining yuqori palatasi.
Sessiya – (lot. sessio – majlis, yig‘ilish) Ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri.
Simpozium – (musiqa, she’r o‘qish bilan o‘tadigan yig‘in) biror ilmiy masala bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy kengash; ilmiy anjuman.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin