Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə62/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Siyosiy jarayonlar – turli siyosiy institutlar, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar individlar munosabati sifatida namoyon bo‘ladi.
Siyosiy qarashlar – siyosiy qarashlarning shakllanishi va qaror topishida o‘ziga xos an’analar mavjud bo‘lib, siyosiy hodisalar turli xil talqin etilgan.
Siyosiy madaniyat – insonning siyosiy hodisalarga doir qadriyatlarga oid tasavvurlari va uning amaliyotda namoyon bo‘ladigan xulqi kodeksi yoki uning siyosiy hokimiyat sub’ekti sifatidagi faoliyat uslubi. Shu ma’noda, siyosiy madaniyat fuqaroning umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan siyosiy faoliyat namunalarini qay darajada egallaganligini namoyish qiladi.
Siyosiy ong – turli ijtimoiy guruhlarning davlat hokimiyatiga, siyosiy tashkilotlar, ularning jamiyat hayotidagi roliga, boshqa davlat va millatlar bilan munosabatiga oid qarashlarning bir tizimga solingan nazariy ifodasi.
Siyosiy partiyalar – ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muhim qismi, ular davlatning siyosiy yo‘nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.
Siyosiy tashkilotlar – siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlari, maqsadlarini ifoda etadi.
Siyosiy tizim – jamiyatda davlat hokimiyati va boshqaruvni shakllantirish va amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar harakatlarida o‘z ifodasini topadi.
Skrining – (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish.
Sotsial – lot. socialis – ijtimoiy, jamoatchilik; jamiyat va ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘langan.
Sotsium – lot. socium-umumiy, birgalikdagi; insonlar hayot faoliyati shart-sharoitlarini birligini xarakterlovchi ijtimoiy umumiylik, birlik.
Strategiya – uzoqqa boruvchi ta’sir vositalari va uslublari; maqsadni istiqbolli dinamik aniqlab olish.
Struktura (lotincha “structura” –“tuzilma”, “tuzilish”) – ob’ektning bir butunligini va uning o‘ziga o‘zi aynanligini, ya’ni turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlay olishini ta’minlovchi barqaror aloqalar yig‘indisidir.
Subordinatsiya – (lot.) tartibga keltirish; xizmat intizomi qoidalariga tegishli holda martaba darajalari bo‘yicha kichik mansabdorlarni katta mansabdorlarga bo‘ysunishiga qat’iy amal qilish.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin