Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


Fuqarolik – insonlarni muayyan davlat, davlatchilik bilan bog‘liq huquqiy holatlarini, munosabatlarini ifoda etuvchi tuShunchadir. Fuqarolik jamiyati



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə66/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Fuqarolik – insonlarni muayyan davlat, davlatchilik bilan bog‘liq huquqiy holatlarini, munosabatlarini ifoda etuvchi tuShunchadir.
Fuqarolik jamiyati – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida tegishli fuqarolik institutlari orqali faol ishtirok etishi ta’minlangan ijtimoiy makondir.
Fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishiga xizmat qiladigan nodavlat, notijorat tashkilotlari, jamiyat birlashmalari, oila, mahalla, ijtimoiy harakatlar va boshqa tuzilmalar majmuidir.
Fuqarolik mas’uliyati – qonun ustivorligini tan olish va har bir shaxsning ijtimoiy hayotni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish vazifasini teran his qilish.
Funksiya – lot. functio-faoliyat, o‘tash, bajarish; faoliyat, majburiyat, ish, tayinlash, burch, vazifa, topshiriq.
Xalq – (arab. yaratilgan jonzot, odamlar) –keng ma’noda, muayyan mamlakatning barcha aholisi, tor ma’noda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, elat, etnik birlik, urug‘ va boshqalarni ifoda etuvchi tuShunchadir. Xalq - birinchi marta xalqaro huquq sub’ekti sifatida 1945 yili BMT Ustavida «Xalqlarning tengligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilash» tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan.
Xalq farovonligi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri. Xalq farovonligi harbir shaxs va oila farovonligi bilan bog‘liqdir. Bunda insonning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketadi va har bir fuqaroning farovonligi butun jamiyat farovonligidir, degan tamoyil amalga oshadi.
Xartiya – (yun. qog‘oz, yorliq) o‘rta asrlarda ommaviy huquqiy siyosiy xarakterdagi xujjat bo‘lgan. Hozirgi xalqaro huquqda deklaratsiyaning sinonimi. U – majburiy kuchga ega bo‘lmagan, umumiy tamoyillar va maqsadlarni ifoda etuvchi hujjat.
Xususiylashtirish – mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishi.
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat sub’ektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko‘ra tomonlar o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
Huquq – davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat berish maqsadlarida davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilinadigan umum majburiy ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.
Huquqiy davlat – huquq, Konstitutsiya va Qonun hukmronlik qiladigan davlatdir. Davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o‘z ma’suliyatlarini his qilishlari, o‘z navbatida jamiyat va fuqaro, uning tashkilotlari davlat oldidagi ma’suliyatlarini his qilishlari kerak. Bu ma’suliyatni oshirish orqali huquqiy demokratik davlat shakllantiriladi va rivojlantiriladi hamda bu jarayon uzoq muddatni talab etadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin