Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə42/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan, ko‘plab ota-onalar, pedagoglar, yoshlar, keng jamoatchilik takliflarini o‘rgangan holda, yurtimizda 11 yillik o‘rta ta’limning joriy etilgani yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi kuchayishida, ular tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xo‘sh, nega ushbu islohot o‘quvchilarning darslarga ishtiyoqini oshiryapti, ularning tarbiyasini nazorat qilishga yaxshi samara beryapti?
Xalqimiz 11 yillik ta’lim sistemasi qayta tiklandi, ilgari holat qaytdi, deb sayoz fikrlamasliklarini xohlardim. CHunki ushbu islohot chuqur o‘ylangan va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirishga xizmat qiladigan puxta reja asosida amalga oshirildi.
Yangi bosqichning yangi imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Farmonga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxatlari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Farmonga ko‘ra, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli ro‘yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.
Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
Bunda:
A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim olayotgan o‘quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
B) kollejlarda:
Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin