Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə47/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Aeronavigatsiya – (lot. - kemada suzish) Uchish apparatlarini tegishli asbob va vositalar yordamida belgilangan yo‘ldan olib borish haqidagi fan; havo navigatsiyasi.
Amnistiya – jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan to‘liq yoki qisman jazodan ozod qilish, Shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ xususiyatga ega, ya’ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Apatiya – (yunon.) butunlay befarqlik holati, loqaydlik.
Axborot – (“informatio” lotinchadanma’lumotlar, tuShuntirishlar, bayonlarni anglatadi) – bu ma’muriy, tashkiliy tadbirlar o‘tkazish haqida qarorlarni qabul qilish uchun, Shuningdek taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi muhim faktlar (shaxslar, harakatlar, tashkilotlar, voqealar) to‘g‘risidagi ma’lumotdir. Falsafiy nuqtai nazardan axborot bizning ma’lumot (belgi) olish natijasida o‘rganilayotgan hodisalar (jarayonlar) haqida tasavvurlarimizning noaniqligini kamaytirish yoki olib tashlashni ta’minlaydi.
Axborot madaniyati – jamiyatning axborot resurslar va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, Shuningdek bu maqsadlarda axborotlashtirish vositalar va axborot texnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or yutuqlarni qo‘llash qobiliyati. Axborot madaniyati kishida axborot muhiti bilan o‘zaro munosabatda bilim, mahorat, ko‘nikma va refleksli ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi bilan ifodalanadi. Kishining axborot madaniyatining eng muhim elementlaridan biri – axborot resurslarini bilish (ulardan erkin foydalanish imkoniyati).
Axborot makoni – (Axborot muhiti) axborotni saqlash, ishlash va uzatish bo‘yicha texnikaviy va dasturiy vositalar, Shuningdek axborotlashtirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy shart-sharoitlari majmuasi.
Axborot sohasini liberallashtirish – (liberalis lotinchadan erkinlikka taalluqli) OAV huquq va erkinliklarini kengayish jarayoni, Shuningdek ularning faoliyatidagi cheklovlarini olib tashlash va davlat nazoratini susaytirish.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin