Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə48/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Axborot erkinligi – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, so‘z, matbuot va boshqa ommaviy axborotga ega bo‘lgan axborotni olish huquqi va qonuniy asosda olingan axborotlarni tarqatish huquqi axborot erkinligi hisoblanadi. O‘z.Res. Konstitutsiyasiga asosan, ommoviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi (67 -modda).
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – axborot foydalanuvchilari manfaatida uni yig‘ish, ishlash, saqlash, tarqatish, aks etish va foydalanish maqsadida integrallashgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui. Bugungi kunda AT tushunchasiga mikroelektronika, kompьyuterlar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, aloqa va telefoniya, mobil servislar, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internet axborot resurslarini ta’minlash kiradi.
Bakalavr – (lot. Baccalaureus) Oliy ta’lim dasturining birinchi bosqichini tugallagan talabalarning ilmiy darajasi.
Baynalmilal – (arabcha– millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) Xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi.
Bipartizm-ijtimoiy sheriklikning ikki sub’ekti o‘rtasidagi keliShuv
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir.
Bunyodkor g‘oya — jamiyatni taraqqiyot sari etaklovchi, turli guruh va qatlamlarni, millatlarni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi, amalga oshirishning real asoslari bo‘lgan g‘oya.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin