Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə51/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchidemokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi. jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi.
Demokratik kuchlar bloki – parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etish maqsadida o‘zdasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holdabir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar o‘z sa’y-harakatlarini birlashtirishi.
Demokratiya (yunoncha, “demos” – xalq, “kratos” – hokimiyat) – xalq hokimiyati ma’nosini anglatib, xalqni hokimiyat manbai, deb biluvchi siyosiy tizimni shakli. Demokratiya insonni har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun berilgan imkon bo‘lib, davlat konstitutsiyasida ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili rasmiy e’lon qilindi, hamda fuqarolarning erkinligi teng huquqligi e’tirof etildi. Demokratiya har bir davrning ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlariga mos shakllanib, rivojlanib boruvchi chegarasiz tabiiy – tarixiy jarayondir.
Deputat – (lot. Deputatus - vakil qilingan, yuborilgan) Vakolatli davlat organiga saylangan kishi, vakil.
Diaspora – yun. diaspora -tarqalish ma’nosida bo‘lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o‘z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig‘indisi (masalan O‘zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi).
Diversifikatsiya – (lot.diversificatio – o‘zgarish, xilma-xil) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iqtisodiy bankrotlikni oldini olish maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentining kengaytirilishi, mahsulot sotiladigan bozorlarni o‘zgartirish yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashish.
Diniy bag‘rikenglik –bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to‘g‘ri tuShunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin