Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə53/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Ijtimoiy hamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Ijtimoiy sheriklik – davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, Shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, Shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Iqtisodiy mustaqillik – muayyan bir mamlakatning Shu mamlakatda mavjud ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy va ma’naviy boyliklarga va Shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy daromadga va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi.
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir
Immunologiya – (yun. — tushuncha, ta’limot) Organizmning kimyoviy xususiyatlari, uning immuniteti haqidagi fan.
Individ – lot. individuum-bo‘linmas, alohida; inson zotining alohida olingan namunasi, uning vakillaridan biri; har biri alohida, mustaqil mavjud bo‘lgan tirik organizm; shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo‘lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo‘ladi.
Innovatsiya – (ingl.— kiritilgan yangilik, ixtiro) Ilg‘or texnologiya, boshqarish va boshqa sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarda qo‘llanishi.
Inson omili – inson mohiyatiga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlarni – insondagi jismoniy – ruhiy tomonlarning birligi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin