Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə54/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Inson huquqlari – unga tor ma’noda faqat davlat himoya qiladigan va kafolat beradigan huquqlar kirib, bu huquqlarga barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, yashash va jismoniy daxlsizlik huquqi, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, o‘zboshimchalik va noqonuniy ushlash yoki qamash, vijdon va din erkinligi, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiya qilish huquklari kiradi. Keng ma’nodagi inson huquqlari esa o‘zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va turlarini ifodalaydi
Institut – lot. institutum-mahkama, idora, muassasa; tizimlashtirilgan, hammaga tanilgan, amalda qo‘llanilayotgan va e’tirof etilgan (har qachon ham o‘z rasmiy tasdig‘ini topavermaydigan), u yoki bu tarzda mustahkamlangan qoidalar va me’yorlarga muvofiq o‘zaro xatti harakat qilish uchun qo‘llab-quvvatlanayotgan ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan ijtimoiy agentlarning o‘zaro hatti harakatlari shakllari kiradi.
Integratsiya – (lot. — tiklash, to‘ldirish) Ayrim qismlarning, elementlarni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. Fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro bog‘lanish jarayoni.
Interaktiv davlat xizmatlari – idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiya tarmoqlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar. Bizning mamlakatimizda bu xizmatlar 2013- yil 1 iyuldan harakat qiluvchi hamda davlat organlarining aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan o‘zaro hamkorligining qulay va samarali vositasi sifatida xizmat qiluvchi my.gov.uz Interfaol Davlat xizmatlari yagona portali orqali ko‘rsatiladi.
Internet – axborot bilan almashish uchun ham kompьyuter tarmoqlari foydalanuvchilarni, ham shaxsiy kompьterlarni o‘zaro bog‘lovchi butun dunyo axborot kompьyuter tarmog‘i.
Interfaol muloqot – real vaqt rejimida turli OAV (asosan Internet) vositasida “jonli” muloqot qilish. SHartli ravishda bunday muloqotning bir necha shaklini belgilash mumkin:
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Infratuzilma – Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin