Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə58/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Ma’naviyatga tahdid – inson qalbi va imon e’tiqodini susaytirishga qaratilgan hamda insonning o‘zligidan begonalashtirib, kelajagidan mahrum etishga yo‘naltirilgan yot va begona g‘oyalar.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar – inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan, o‘zgartiradigan, jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushuncha.
Ma’rifat – ta’lim tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko‘paytirib hamda takomillashtirib borish usullarining majmui.
Mentalitet – (nem. – aql, idrok) Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi.
Millat – til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir.
Millatlararo munosabatlar – birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o‘rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tuShunchadir.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, o‘zbek millati va shu bilan birga o‘zlarining o‘rtasida ko‘p yillarga mo‘ljallangan ezgulik, ishonchlilik, do‘stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi.
Millatchilik bu – millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulug‘lab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik, ularni erga urishdan iborat bo‘lgan nodemokratik mafkura.
Milliy g‘oya – ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, Shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlari yig‘indisi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin