Milliy g‘oya negizlari – ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan, xalqning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini ifodalagan milliy ma’naviy meros qadriyatlari hamda dunyo xalqlari tomonidan e’tirof etilgan demokratiyaning umuminsoniy prinsiplar majmuidir.
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyat shakli.
Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo‘lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g‘oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi
Modernizatsiya –(modern – zamonaviy) yangilanish, zamonaviy; davlat, jamiyat, iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning yangilanishi, yangi uslublar, ixtirolarning qo‘llanishi asosidagi o‘zgarishlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Nizom – muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan normativ hujjat hisoblanadi.
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari – o‘z oldida Internet tarmog‘ida ommaviy axborot vositasi (OAV) funksiyalarini bajarish vazifasini qo‘yuvchi nodavlat tusdagi ro‘yxatga olingan veb-saytlari.