To‘raqulova Durdona Boxodirovna 2023-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishini imtiyozli a’lo baholarga tugatib, 70110102 — Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi magistratura 1-bosqichiga imtiyozli ravishda qabul qilindi.
Talabalar safiga qabul qilinganligiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, о‘qish jarayonida barcha mutaxassislik fanlarini yaxshi baholarga о‘zlashtirishi va a’lo baholarga o‘qishi bilan tengdoshlariga о‘rnak bо‘lib kelayotgan yoshlardan biri hisoblanadi. Sport yo‘nalishida bir qator nufuzli respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallab kelmoqda.
Xususan, 2021-yil 15—18- aprelda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan sportning karate-wkf turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 1 o‘rinlarni egallab, I darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
2021-yilning “YIL TALABASI—2021” ko‘rik tanlovida “YILNING ENG FAOL SPORTCHI TALABASI” nominatsiyasi g‘olibi.
2021-yil 11-noyabrda Ispaniya Davlatining OAK ro‘yxatidagi “European Journal of life safety and stability ISSN 2660—9630” yuqori impakt faktorli jurnalda “The process of social adaptation of preschool children in sports sections (schools)” mavzusida yozilgan ilmiy maqolasi chop etilgan.
2021-yil 30-noyabrda Ispaniya Davlatining OAK ro‘yxatidagi “International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences” yuqori impakt faktorli jurnalda “Methods of Formation of Personal Development Opportunities for Older Preschool Children through Sports” mavzusida yozilgan ilmiy maqolasi chop etilgan.
2022-yil 11-martda “Uchinchi renessans davrida maktabgacha ta’lim—tarbiyaning roli” ilmiy-amaliy masofaviy anjumanida “Yoshlarni ilm—fan va innovatsiyalarga jalb qilishning noan’anaviy usullari” mavzusida chiqorilgan maqolasi uchun diplom bilan taqdirlangan.
2022-yil 30-mart oyida OAK ro‘yxatidagi “EUROPEAN MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF MODERN SCIENCE” yuqori impakt faktorli jurnalda “A Systematic Approach to the Process of Sports Improvement of Preschool Children” mavzusida yozilgan ilmiy maqolasi chop etilgan.
2022-yil 21-aprelda Hindiston davlatining OAK ro‘yxatidagi “JournalNX—A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal” yuqori impakt faktorli jurnalda “Analysis of competitive activity of martial artists” mavzusida yozilgan ilmiy maqolasi chop etilgan.
2022-yil 21—22- aprelda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan sportning Karate-wkf turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida 1 va 2,2,3 o‘rinlarni egallab, I, II, II va III darajali diplomlar bilan taqdirlangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim ilgari surilishi yurtimizning barcha baxtiyor yoshlari qatori To‘raqulova Durdona ham sportda katta natija ko‘rsatib kelib, bolalarni sportga jalb qilish va qiziqtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishiga turtki bо‘ldi. O‘zining mualliflik ishlarida bolalarni sportga bо‘lgan mehrini uyg‘otishga cheksiz faxr—iftixor mohirlik bilan aks ettirishga harakat qilib kelmoqda.
Yuqorida bildirilgan fikrlarni inobatga olgan holda, iste’dodli va yosh sportchi magistr To‘raqulova Durdona Boxodirovnani o‘zbek milliy sporti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yoshlardan biri deb ishonch bildiriladi va Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sport yо‘nalishi bo‘yicha munosib nomzod sifatida tavsiya etiladi.