Pedagogika va psixologiya



Yüklə 66,45 Kb.
səhifə3/8
tarix01.12.2023
ölçüsü66,45 Kb.
#136931
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi t-fayllar.org

Kurs ishinig maqsadi: Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishining psixologik usullarining nazariy tahlilini o'rganish
Kurs ishining vazifasi: Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishining psixologik o'ziga xosligini o'rganishda oilaviy muhitining rolini yoritish, va kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasi haqida umumiy tushunchalar berishdan iborat
Kurs ishinig predmeti: Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning diqqatini rivojlanishiga ta'sir etuvchi psixologik omillarni o‘rganish yo‘llarini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo'llash.
Kurs ishinig obyekti: Termiz shahridagi 26- maktabning 4-A sinf o'quvchilari. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixikasini o'rganish
Kurs ishinig tarkibiy qismlari: Kirish, 3-bob, 6-pragraf, xulosa va foydalangan adabiyotlar ro'yxati
Kurs ishida foydalanilgan metodlar: ko’rgazmali metod, og’zaki metodlar, klaster metodi, taqqoslash metodi, kuzatish metodi, amaliy metodlar


I-Bob.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari
1.1.0‘quvchilarning anatomik-fiziologik xususiyatlari
Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi bolalaming anatomik-fiziologik xususiyatlarini, jismoniy rivojlanish darajasini, sog'ligi va qolaversa nuqsonlarini hisobga olish o‘qishning muvaffaqiyat garovidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan bir tekis taraqqiy etadi, uning bo‘yi va og‘irligi, o‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. Biroq o‘quvchining suyak tizimi (ko‘krak qafasi, tos, qo‘l suyaklari), umurtqa pog‘onasida hali tog‘aysimon to‘qimalar uchraydi, bu esa mazkur tizimning yetаirli darajada takomillashib bo‘lmaganligidan darak beradi. Yurak muskullari ularda tez olsadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo‘ladi, miyaning oglirligi boshlang‘ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya polstining analitik-sintetik faoliyati takomillashadi, ko‘zg‘alish bilan tormozlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat (muvozanat) o‘zgaradi, lekin qo‘zglalish nisbatan ustunlikka ega bo'ladi, shuning uchun o'quvchining to‘g‘ri o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish, toliqishning oldini olish zarur, o'qish va dam olish rejimiga qat’iy rioya qilish ma’qul.
О'quvchilarda qiziqishlar, aqliy taraqqiyot rivojlanishi oddiydan murakkabga, ma'lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, tasvirlashdan tushuntirishga, faktlardan umumlashtirishga qarab boradi. Oquvchilarni ta'limni o'zlashtirishga quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:
• O'quvchilar qanchalik yosh bolsalar, ta'lim shunchalik korgazmali bolishi hamda faol harakt qilish katta rol o'ynaydi.
Barcha o'quvchilar bir xil bilimga ega emas, ular turli tayyorgarlik darajasiga ega va bundan boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Shu sababli berilgan materialni bilmaslik past o'zlashtirishning asl sababini ko'rsatmasligi mumkin.
Bilamizki, ko'pchilik pedagoglar o'quvchilarning aqliy rivojlanishini baholashda qiynaladilar va buning oqibatida ularning ish faoliyatida ta'lim jarayonida hisobga olinishi lozim bo'lgan muhim omil go'yoki chetda qolib ketadi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, o'quvchilarning aqliy rivojlanish darajasi ulardagi nazariy yoki amaliy bilim olishga bolgan qobiliyat yoki bilimning mavjudligi bilangina aniqlanmaydi. Oquvchining aqliy rivojlanish darajasi tafakkur jarayonlarining rivojlanganligi, o'quv materialining muhim va asosiylarni ajrata olishi, olgan bilim yoki hosil qilingan, o'zlashtirilgan konikmani boshqa faoliyatga ko'chira olishi, turli nazariy bilimlarni amalda qollay olishi, mustaqil fikrlashi, xulosa chiqara olishi kabi bir qancha belgilar bilan aniqlanadi.

Yüklə 66,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin