Pedagogika va psixologiya



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/40
tarix01.01.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#106488
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Integratsiya

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


70 

 

II bob bo‘yicha xulosa 

Boshlang‘ich  sinflarda  o‘quv  fanlariaro  aloqadorlik  asosida  darslar  tashkil 

etish borasidagi izlanishlarimiz hamda ta’limga integrativ yondoshuvning ijobiy va 

salbiy  tomonlari  to‘g‘risidagi  o‘qituvchilar  fikrini  umumlashtirib  quyidagi  ijobiy 

natijalarni aytish mumkin: 

1. Integratsiyalashgan  darslar  hozirgi  dunyo  to‘g‘risidagi  tasavvurlar 

darajasiga mos keladi.  

2. Har  bir  o‘qituvchiga  o‘z  fanini  o‘qitishning  kelajakdagi  imkoniyatlarini 

ko‘rish  va  faoliyatning  yangi  qirralarini  ochish,  «dunyoni  yangidan»  o‘zi  uchun 

kashf etish imkoniyatini beradi.  

3. Boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  ta’sir  ko‘rsatishning  yangi  metodik 

shakllarini,  integrativ  yondoshishning  mos  mezonlarini  izlash  ehtiyoji  yuzaga 

keladi.  Ushbu  ehtiyoj  esa  har  bir  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisidan  o‘z  utsida 

ishlash va tinimsiz izlanishni talab etadi.  

4. Integratsiyalashgan darslar yosh avlodda tabiat va jamiyat haqidagi yaxlit 

tasavvurlarni shakllantirishga yordam beradi. 

5. Umumiy  o‘rta  ta’lim  o‘quv  rejasidagi  qator  fanlarni  umumlashtirish  va 

shu asosda o‘quv predmetlari sonini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa 

o‘z  navbatida  ta’lim  uchun  sarflanadigan  ortiqcha  harakatlarni  va  mablag‘larni 

tejash imkoniyatini tug‘diradi. 

Sifat  jihatdan  yangi  pedagogik  natijaga  erishish  –  ya’ni  alohida  fanni 

rivojlantirish  emas,  balki  ta’limda  yangi  falsafani  joriy  etish,  dunyoning  bir 

butunligi  va  o‘zaro  bog‘liqligi  pedagogik  jarayon  samarasini  oshirishga  yordam 

beradi. 


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin