“Integratsiyalashgan ta’lim asosida o’quvchilarda iqtisodiy bilimlarni
rivojlantirish” deb tanlashimizga asos bo‘ldi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Integratsiyalashgan darslar asosida
boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish jarayonining
ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini o’rganish va tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishning obyekti: Integratsiyalashgan darslar asosida
boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Boshlang‘ich sinf o’quvchilarida
iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda integrallashgan darslarni tashkil etish yo‘llari,
metod va usullaridan iborat.
Bitiruv malakaviy ish maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalarni
amalga oshirishga harakat qildik:
- “Integratsiya” tushunchasining pedagogik mohiyatini ochib berish;
- bitiruv malakaviy ish muammosiga doir pedagogik qarashlarni tahlil qilish;
- darslarni integrallash yo‘llari va ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni
o‘rganish;
- integratsiyalashgan darslar asosida o’quvchilarda iqtisodiy bilimlarni
rivojlantirishning didaktik tamoyillari va yo’llarini o’rganish;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga doir
tajriba-sinov ishlarini o’tkazish va xulosalar ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |