Amaliyot rahbari: Usarov J.E Magitratura talabasi: Xakimova I.X CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Pedagogika”fakulteti “Ta’lim muassasalari boshqaruvi “ yo’nalishi magistiri Xakimova Irada Xayrullayevnaning Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti “Pedagogika”fakulteti “Maktab menejmenti” kafedrasida ilmiy amaliyot faoliyati davomida amalga oshirgan ishlar bo’yicha mart oyi hisoboti Amaliyot o’tash davomida Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Pedagogika” fakulteti “Maktab menejmenti” kafedrasi mudiri Rasulov A.N boshchiligida universitet o’qituvchilarining kasbiy kompetentliklarini baholash bo’yicha professor va o’qituvchilarning dars jrayonlarini kuzatib tahlil qilib bordim.
Chirchiq davlat pedagogika unversiteti “Maktab menejmenti” ”kafedrasi va Chirchiq shahri 20 maktabda tashkil etilgan “Maktab labaratoriyasi”to‘garaklar bilan ishilandi.
Magistrlik dissertasiyasi mavzusi bo’yicha tashkilotning axborot resurs markazi bazasidan foydalandim. Axborot resurs bazasidan diplom ishlari va professor o’qituvchilar tomonidan yozilgan ilmiy ishlar dissertatsiyalari bilan tanishib chiqdim.
Tajriba-sinov dasturi asosida nazorat va tajriba guruhlari shakllantirildi. Mart oyida “Tajriba - sinov maydonchasida ” o’quvchilardan so’rovnoma olish jarayoni
Tajriba -sinov guruhlarini aniqlashtirib, tajriba -sinov ishlarini olib borish bo’yicha ilmiy rahbarimdan ko’rsatmalar olib rejalar tuzib, tajriba sinov ishlariga kirishdim. Dissertasiya mavzuyim bo’yicha kafedraning professor o’qituvchilaridan tavsiya va takliflar oldim. Unversitetning ARMdan ilmiy maqola va dissertatsiyalarni ko’rib chiqib dissertasiya mavzuga mos keladigan ma’lumotlar oldim. Stajirovka jarayonida har haftada ilmiy rahbarim bilan uchrashib Ilmiy dissertasiya mavzusi yuzasidan ma’lumotlarni ko’rib chiqib maslahat va tavsiyalar olib turdim.