Pedagogs international research journal


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix16.03.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#124142
1   2   3   4
194-198

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-5, Issue-1, March-2022
 
196 
harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o'ziga xosliklari o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb 
qiladi. 
2-sinf “O'qish kitobi”da berilgan”, “O'roq va Kombayn” masalida o'roq va 
kombayn asar qahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali texnikaning 
afzalligi: kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning 
ahil bo‘lib, birgalikda mehnatga bel bog'lashlari kabi g'oyalar ilgari suriladi. Oddiy 
predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidan aytiladigan texnika va ish qurollari 
haqidagi gap-so‘zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. 
2-sinf “O‘qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo‘chqorbekov), “Chumoli 
va Tipratikan”, “O‘jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “Chayondan so‘radilar” kabi 
masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, 
chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham 
yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar 
arqondan bo'shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar 
buzoqcha ham to‘dasidan ajralib, bo‘riga duch keladi, ya’ni ko‘ngilsiz voqea yuz 
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli 
kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. 
“Chumoli va Tipratikan” masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida 
jamiyatimiz a’zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to'g‘riso‘z insonlar bo‘lsa, 
tipratikan o'g'ri, qallob birovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir. 
“O‘jar Toshbaqa” masalidagi Toshbaqa hayotdagi o‘jar, qaysar, o‘z bilganidan 
qolmaydigan, ko‘ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir. 
Boshlang‘ich sinflarda masalni o'rganayotganda bolalarni masalni ifodali 
o'qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so‘z bilan aytib berishga, ayrim 
qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aniqlab, o'zaro qiyoslashga o'rgatish 
muhim ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin