Shoirlar – dunyoning e’tirof etilmagan qonunchi ijodkorlaridir.
Humoyun tarjimasi
Izohlar:
* Persi Bishi Shellining “Poeziya himoyasi” traktati 1821 yil mart oyida yozilgan.Ma’lumki, u davrda “Poeziya” deganda, bugungidek faqat she’riyat emas, balki badiiy adabiyotning har uchala turi tushunilgan.
*Gerodot, Plutarx, Tit Liviy shoir bo‘lganlar – an’anaviy ingliz poetikasida bunday munosabat F. Sidnining “Poeziya himoyasi” traktatidan boshlangan.
*“Shoh Edip” – Sofoklning Edip to‘g‘risidagi trilogiyasi birinchi qismi.
*“Agamemnon” – Esxilning “Oristeya” trilogiyasi birinchi qismi.
* “Filaktet” – Sofokl tragediyasi.
*Afina shoirlarining... – Esxil, Sofokl, Yevripid nazarda tutilmoqda.
*Astreya – oltin asrda boshqargan haqgo‘ylik ma’budasi Dikning taxallusi.
*Enniy, Kvint (239-169 yy. eramizdan avval) – rimlik shoir, dramaturg.
*Varron, Publiy Terentsiy – eramizdan avval I asrda yashagan rimlik shoir.
*Pakuviy (220-130 yy. e.a.) – Enniy shogirdi, rimlik shoir.
*Aktsiy (170-85 yy. e.a.) – rim fojianavisi, jangchi.
*Lukretsiy (94-55 yy. e.a) – rimlik shoir, donishmand.
*Publiy Vergiliy Maron (70-19? yy. e.a.) – rimlik shoir, “Bukolikalar”, “Georgikalar” va “Eneida” asarlarining muallifi.
*Kvint Goratsiy Flakk (65-8 yy. e.a.) – rimlik shoir.
*Katull Gay Valeriy (87-54 yy. e.a.) – rimlik lirik shoir.
*Publiy Ovidiy Nazon (43 y. e.a. – 18 y.) – rimlik shoir.
*Kamill Mark Furiy (eramizgacha bo‘lgan V asr oxiri – VI asr boshlari) – Rim sarkardasi, Rimni gallar bosqinidan himoya qilgan.