II. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda qóyilgan pedagogik talablar 2.1. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari: Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh ǵoyaning kasb-hunar maktabi óquvchilarining ongida óziga xos va mos ravishda singdiradi.
-Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.
-Ózbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.
- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.
- Mehrli-muruvvatli va baǵri kenglik.
Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish óziga xos qoidalarga egadir:
1. Har bir dars jamoasining tarbiyalangan darajasini órganish.
2. Óquvchilarning oilaviy hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.
3. Kundalik ózgarishlarga óquvchilarning munosabati.
4. Óquvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.
5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar boshlanǵich darslarda sodda holda qóllaniladi.
Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish órinlidir. Shunda har bir óqituvchilarning betakror, bir-biriga óxshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bólib maqsadga erishtira oladi. [2]
Rejalashtirishning asosiy omillari: 1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish.
Ma’naviy tarbiya (axloq va odob).
Iqtisodiy tarbiya.
Ekologik tarbiya.
Gózallik tarbiyasi.
Jismoniy barkamollik (soǵlom avlod uchun).
Ota-onalar bilan ishlash.
Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar rejasi va undagi mavzular davr talabiga javob berishi.
Tanlangan mavzular milliy va umuminsoniy qadriyatlar qamrovida bólishi.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlar uzviylik qoidasiga amal qilgan bólishi.
Mavzular óquvchilarning kursi va bilim saviyasiga mos bólishi.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tóǵrisida”gi PQ-5040-son qarorida mos qilib olindi. Quyidagi keltirilgan reja taxminiy bólib, óz shart-sharoitingizga qarab ijodiy ózgarishlar kiritish mumkin.