I- bob Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish 1.1 Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy va nazariy asoslari Bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi.
“Jaholatga qarshi ma’rifat” ǵoyasi asosida ta’lim muassasasida uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va tarǵibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yónalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish, kasb-hunar maktabining óquvchilar bilan olib boradigan óquv mashǵulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari Ma’naviy - ma’rifiy ishlar nomini olgan. Ma’naviy - ma’rifiy ishlar kasb-hunar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi óquvchilarning bósh vaqtlarini mazmunli shakllaridan biridir.
Ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblangan tarbiyaga bólgan e’tibor yurtimizda har qachongidan ham muhim dolzarblik kasb etmoqda. Óquvchi óquv jarayonining davomi sifatida bevosita tarbiyaviy ishlarda ishtirok etadi. Uning darsda olgan bilimi, dunyoqarashi, qiziqishi, imkoniyatlari tarbiyaviy ishlarda namoyon bóladi, mustahkamlanadi. Eng asosiysi óquvchi tarbiyaviy ishlarda qatnashish jarayonida óz-ózini anglaydi, ijodkorligi ósadi, olgan bilimlarini amalda qóllashga órganadi, shuningdek, ularda jamoatchilik, uyushqoqlik, hamdardlik kabi kónikmalar shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biri ham tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish, samaradorligini oshirish, yosh avlodda ǵoyaviy-siyosiy bilimdonlikni oshirishdan iboratdir. Ushbu masalaning yana muhim tomonilaridan biri shuki, bugungi kunda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda zamonaviylikka asoslanish, ya’ni tarbiyaviy ishlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik jarayonda talab etilayotgan masaladir.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar kasb-hunar maktabi óquvchilarining qiziqishlariga muvofiq tarzda kóngillilik asosida tashkil qilinadi. Óquvchilar maktabdan tashqari ishlarda ózlarini qiziqtiradigan mashǵulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Kasb-hunar maktablarida Ma’naviy - ma’rifiy ishlarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagi tamoyillar asosida tashkillanishi lozim:
– pedagoglar va óquvchilar órtasida ózaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning óziga xos an’ana vositalariga tayanish;
ulǵayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, ósmir va yosh yigitning betakror va óziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tóla qamrab olgan tógaraklar bir necha xilda bólishi mumkin:
a) fan tógaraklari;
b) mohir qóllar tógaraklari;
v) duradgorlik tógaraklari;
g) sport tógaragi;
d) badiiy havaskorlik tógaragi.
Kasb-hunar maktablarida bu ishlarni guruh rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Guruh rahbari tógarak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bólgan óz óquvchilarini biror tógarakka a’zo bólishga chorlaydi.
Ma’naviy - ma’rifiy tashkil qilingan ishlar óquvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni tóldiradi. Ularni dunyo qarashini tóǵri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga kómaklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas boǵlanishiga zamin yaratadi. Ma’naviy - ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham kóp qirralidir. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
– Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
– óquvchilarning ma’naviy - ma’rifiy kóp qirrali ishlarni pedagogik jamoa, óquvchilar tashkilotlari dars faollari yordamida yólga qóyish;
– Ma’naviy - ma’rifiy ishlar yónalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, óqituvchilar, dars rahbarlari, ota-onalar, óquvchilar tashkilotlari, dars faollariga uslubiy yordam kórsatish;
– Kasb-hunar maktablararo ótkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
– óquvchilarning bósh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini kórish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular kópincha ózaro uzviy boǵlangan holda namoyon bóladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator vazifalarni kiritish mumkin:
– tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish;
– tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
–tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
– Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib kózda tutilgan maqsadga erishish qiyin.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlarning tarbiyaviy ta’siri kóp darajada óquv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda óquvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yólga qóyishga boǵliqdir. Ma’naviy - ma’rifiy faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil óquvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda ótkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechalari va ertaliklari, tógarak mashǵulotlarini óz ichiga oladi.
Óquvchilar ma’naviy - ma’rifiy ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham óquvchilarning ma’naviy - ma’rifiy faoliyatlari qanchalik xilma-xil bólsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy ósishi samarali bóladi. Ma’naviy - ma’rifiydagi tarbiyaviy ishlarda óquvchilar jamoada ishlashni órganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qóshiladilar, jamoatchilik fikriga bóysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Ma’naviy - ma’rifiy faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga kóra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha kasb-hunar maktablarning vazifalari bir bólsada, ósha maktablarning óziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlar madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol kórinadi. Tarbiyachilar- guruh rahbarlarining darsdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Oǵzaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yiǵinlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, oǵzaki gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari, Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda ótkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechlari va ertaliklari, tógarak mashǵulotlarini óz ichiga oladi hamda turli joylarga sayyohatlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztobarlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar tógaraklari, shanbaliklar. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar jarayonida davralar metodidan foydalanish ham mumkin
3. Kórgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar kórgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bólishlari lozim.
Ózbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda óz mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yóliga ega bólishi, xalq xójaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham ósib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta kórib chiqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng sónggi yutuqlari asosida kelajagimiz bólgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
Qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas’uliyat hislarini rivojlantirish, ózi yashayotgan mamlakatning ravnaqi, Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilik, ekologik ta’lim-tarbiyani shakillantirish mustaqil davlatimiz – Ózbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga tóǵri va xolisona baho berishga órgatish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora ochiq tashqi siyosatiga va óz xalqining turmush darajasini oshirishga yónaltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini tóǵri tushuntirishdan iboratdir. Tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, ósmir va yosh yigit-qizning betakror va óziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olish; – yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyǵusini qaror toptirish; – milliylikning óziga xos an’analari va vositalariga tayanish; – shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va óquvchilar órtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bólish.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bólgan barcha ǵoyalar qaytadan kórib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida tóplangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaviy ishlar huquq-tarǵibot organlari, ijodiy uyushmalar, Davlat va nodavlat jamǵarmalar, qómitalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi.