Personalni strategik boshqarish


Ijtimoiy marketing konsepsiyasi



Yüklə 230,72 Kb.
səhifə8/37
tarix07.09.2022
ölçüsü230,72 Kb.
#117715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
5. Personalni strategik boshqarish

Ijtimoiy marketing konsepsiyasi

Jamiyat (inson farovonligi)


Iste’molchi (qoniqish) Кompaniya (foyda)
3-rasm. Ijtimoiy marketing konsepsiyasi ifodasi.

Ijtimoiy marketing bilan bog‘liq bo‘lgan, katta ijtimoiy jamoalarning, davlat siyosatining muammolariga diqqatini qaratuvchi mega-marketing paydo bo‘ldi.


Jamiyat hayotini axborotlashtirish kuchaygan sharoitda korxonaning xaridor bilan bevosita munosabatda bo‘lishi imkoniyati vujudga keladi. Ommaviy marketingdan alohidalashgan marketingga o‘tish kuzatiladi. SHunday yo‘nalishlardan biri — munosabatlar marketingi (maksi-marketing) zamonaviy telekommunikatsiyaviy vositalardan foydalangan holda iste’molchilar bilan individual munosabatlarni iloji boricha mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Bu erda uzluksiz ravishda interaktiv kommunikatsiyalar yordamida olingan individual iste’molchi haqidagi bilimlarni amalda tadbiq etish jarayoni boradi. Bu bilimlar uzluksiz va uzoq muddatli o‘zaro manfaatli aloqalarni ta’minlash maqsadida mahsulotlar va xizmatlarni yaratish va siljitishga yordam beradi. Bunday munosabatlarning xaridor uchun afzalliklari — aloqalarning samaradorligi, ishlab chiqaruvchi uchun — foyda, ikkalasi uchun — tinchlik, kelajakka ishonch. Qayd qilish kerakki, individual marketing mehmonxonada lyuksxizmat ko‘rsatishda, bank ishida tobora ko‘proq rivojlanmoqda, aniqrog‘i, har qanday alohidalashgan tovar bozorlarida qo‘llanilishi mumkin.
Zamonaviy marketing konsepsiyalarini chizma ko‘rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin:
Zamonaviy marketing konsepsiyasining chizmasi.
3-jadval

Boshlang‘ich nuqtasi

Vositalar

Bozordagi faoliyatning maqsadlari

Xaridorlarning, maqsadli guruhlarning ehtiyojlari, afzal ko‘rgan narsalari

Marketing sohasidagi tadqiqotlar (marketing- miks)

Xaridorlar ehtiyojlarini barqaror qondirish evaziga foyda olish

Qo‘yilgan maqsadlarga erishishda firma dastlab o‘zining resurs potensialining bozor imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish, texnologiyalar darajasi, moliya, sotish kabi hal qiluvchi sohalarda o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olishi kerak4.
Oxirgi paytlarda marketing yordamida echiladigan masalalarning murakkablashuvi sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan global marketing haqida tobora ko‘proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar kabi emas, ko‘proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi jarayoni va iste’molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda ishtiyoqmandligiga ko‘ra yagona bozor

sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki, global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va iste’molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo‘lgan usuliga aylantirish g‘oyasi yotadi.


Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‘z chegaralaridan tashqarida faoliyat ko‘rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi, investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo‘lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini o‘zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo‘nalishlari va tendensiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan bog‘liq. Ba’zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin5.
Bundan buyon iste’molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon bo‘ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste’molchilarning o‘z huquqlarini himoya qilishi yo‘lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste’molchilarning harakati iqtisodiy evolyusiyaning mahsuli sifatida, ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste’molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar bozoriga o‘tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste’mol va marketingning atrof-muhitga ta’siridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik muammolarga e’tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili sifatida qaralmoqda. «YAshil marketing» harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik jihatdan toza bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashadi.

3-mavzu
3-MAVZU. 


3.1.Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari. 3.2.Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.
3.3. Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Porterning “beshta kuch” modeli.
3.4. Firmani raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar.
3.1. Tarmoqlar va ularning iqtisodiy tavsiflari.
Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil ikki yo’nalishda olib boriladi:
Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari. Kompaya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat istiqbollari bo’yicha bir biridan farq qiladi. Masalan Ilmiy-texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin Har bir tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar hajmi ham bo’ladi- Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigachafarqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab ham o’sib boruvchi yoki aksincha, kamayib boruvchi bo’ladi.
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda alohida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi etti omilni belgilash talab etiladi:
1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.
2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.
3. Rakobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.
4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jihatlari.
5. Raqobat kurashidagi muvaffaqiyat kaliti va muvaffaqiyatsizlik omillari.
6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini belgilovchi shaxslar.
7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi.

Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muhitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yo’nalishi va imkoniyatlarini eng ravshan ifodalovchi jihatlarni aniqlashdan iborat. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muhim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. So’ngra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning xata-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.


Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullaridan kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi. Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuhitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda firmaning eng yaqin atrof-muhiti (makromuhiti) o’rganiladi. 6-chizmadagi yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning tuzilmasi keltirilgan. Kompaniyaning strategik tahlilining mantiqiy echimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. Shunday qilib ushbu tahlil strategik rejani shchakllantirshning dastlabki nuqtasi hisoblanadi.

Tarmoq atrofining asosiy iqtiso-diy ta’rifini aniqlash Harakatla-nuvchi kuchlarni identifikatsiya qi-lish. Raqobat darajasini baholash. Kompaniyaning tarmoqdagi raqobat mavqeini baholash. Bundan keyin raqobatda kimlar bir xil harakat qilishini bashorat qilish. Muvaf-faqiyatning kalit omilarini aniq-lash. Tarmoqning har tomonlama jozibadorligi haqida xulosa




Tarmoq va raqobat tahlili


Zamonaviy strategiyaning yaroqli darajasini baholash. SWOT tahlili o’tkazish. Firmaning nisbiy ra¨obat mavqeini baholash. Kompaniyaning nisbiy baho mavqei va baho raqo-batbardoshligini bholash. Kompaniya echishi lozim bo’lgan strategik yonda-shuvlar va muammolarni identifika-tsiya qilish




Kompaniyaning vaziyatli tahlili

↓ ↓

Identifikatsiya Kompaniyaning strategik ko’rinishini baholash

Kalit davrlar:
Kompaniya amalda qanday muqobillikka ega? (mavjud asosiy strategiyani yaxshilash, strategiyani tubdan o’zgartirish)
Arzigulik raqobat ustunligiga erishishning eng maqbul yo’li qanday?


↓Strategiyani shakllantirish


Yechim mezonlari
Strategiya vaziyatni qanchalik yaxshi hisobga olinadi? Raqobat ustunligiga erishishga qanchalik yordam beradi? Kompaniya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi?

3.1.-chizma. Vaziyat tahlilining strategik tanlovga.


Yüklə 230,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin