Petti (Petty) Uilyam



Yüklə 60,04 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.05.2022
ölçüsü60,04 Kb.
#115920
William Petty - Vikipediya



William Petty

PETTI (Petty) Uilyam (1623.26.5, Romsi shahri, Xempshir — 1687.16.12, London) — ingliz

klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida tibbiyotdan

taʼlim olgan. U serqirra qobiliyatga ega boʻlib, 1647-yilda nusxa koʻpaytiradigan mashina ixtiro

qilgan. 1649-yilda fizika doktori ilmiy darajasini olgan, 1651-yilda musiqa va anatomiyadan

professor P. yirik yer egasi edi. P. Angliyada 17-asrda boʻlib oʻtgan burjua inqilobidan keyin oʻz

hokimiyatini mustahkamlab olgan ingliz burjaziyasining nazariyotchisi sifatida tanildi.

"Soliqlar va yigʻimlar haqidagi risola" (1662), "Soʻz donishmandlarga" (1665) "Irlandiyaning

siyosiy ana-tomiyasi" (1672), "Pul haqida soʻz" (1682), "Siyosiy arifmetika" (1683) kabi

asarlarida qiymatning mehnat nazariyasini asoslab berdi. P. merkantilistlardan farqli ravishda,

boylik manbai muomala sohasida emas, ishlab chiqarishda deb hisoblagan. P. jamiyatning

iqtisodiy taraqqiyotini obʼyektiv qonunlarga bogʻliq deb qaraydi, lekin ijtimoiy va iqtisodiy

qonunlar tabiat qonunlariga oʻxshash abadiy va uzgarmasdir, deb izohlaydi. P. iqtisodiy

hodisalarni tahlil qilishda tabiatshunoslik fanlarining tadqiqot usullaridan foydalandi va uni

statistik tahlil bilan toʻldirdi. P. mehnatning qiymat nazariyasini birinchi boʻlib asoslab bergan.

P.ning "Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikri butun dunyo iqtisodchilari

tomonidan tan olinadi. P. tovarlar qiymatini ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat

bilan aniqlash nuqtai nazaridan qoʻshimcha qiymatnint kelib chiqishi muammosini hal

etishga urindi. Uning fikriga kura, renta qoʻshimcha qiymatning umumiy shakli boʻlib, yer

rentasi va pul rentasi (foiz) tar-zida namoyon boʻladi. P. differensial yer rentasi muammosini

iqtisodchi olimlar orasida birinchi boʻlib oʻrgandi, yerning bahosi toʻgʻrisidagi masala ham P.

tomonidan ilmiy jihatdan toʻgʻri qoʻyildi. P. davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini

koʻtardi va statistik maʼlumot toʻplashning ayrim yoʻnalishlarini belgilab berdi.

[1]


Manbalar


 

Soʻnggi tahrir 3 kun avval

 

PlanespotterA320

 tomonidan amalga oshirildi  

1. 


OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Bosh vazir haqidagi ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?title=William_Petty&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.

Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola 

chaladir

. Siz uni 

boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.

php?title=William_Petty&action=edit)

 

Vikipediyaga

 yordam berishingiz mumkin.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=William_Petty&oldid=253527



5

" dan olindi 




Yüklə 60,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin