Poetik nutqda fonetik o’zgarishlar (she’riy matnlardan namunalar)



Yüklə 39,68 Kb.
səhifə2/3
tarix09.12.2023
ölçüsü39,68 Kb.
#138695
1   2   3
Poetik nutqda fonetik o

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing qiz,
Qilur qatlimga qasd qayrab-
Qilich qotil qaroshing, qiz.
Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo’ymaysan.
Qarab qo’ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing qiz.
Bunday usulni shoir Elbek ijodida ham kuzatish mumkin:
Ko’klamda ko’karsa ko’k ko’katlar,
Ko’klarga ko’milsa katta-kattalar,
Ko’m-ko’k ko’karib ko’rinsa ko’llar,
Ko 'ngilni ko 'tarsa ko 'rkli gullar.
Alliteratsiya nasriy asarda ham kuzatiladi. Quyidagi misollarda b, g', q, sh, t, k
undoshlarining takrorlanishi natijasida hosil qilingan alliteratsiyani kuzatish mumkin: Butun bet-boshim bij-bij bo’ldi. Butun bet-boshim g'uj-g'uj ajin bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bolimadi - darz-darz yer bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bo’lmadi – qaqroqqaqroq yer bo’ldi. Bet-boshim bet-bosh bo’lmadi - sho’r-sho’r yer bo’ldi! (T. Murod)
Bolalar folkloridatn tez aytishlar ham alliteratsiyaga asoslangan: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? Oq choynakka oq qopqoq, Ko’k choynakka ko’k qopqoq.
Alliteratsiyadan xalq maqollarida intonatsion butunlikni ta'minlash maqsadida
ham keng foydalanilganligini kuzatishimiz mumkin:
Suymaganga suykanma, suyganingdan ayrilma.
Tulkining tushiga tovuq kirar,
Tovuqning tushiga tariq kirar.
Tek turganga shayton tayoq tutqazar.
Assonans. Badiiy nutqqa intonatsion butunlik, ohangdorlik va motsionalekspressivlik bag'ishlash maqsadida qo’llaniladigan fonetik usullardan biri assonansdir. Adabiyotlarda assonans aynan yoki yaqin unlilarning takrorlanib
kelishidan hosil bo’ladigan ohangdoshlik ekanligi bayon qilingan. Unlilarning
takrorlanishi maqollarda ko’p kuzatiladi;
Ovni otsang, bilib ot,
Dol nishonga qo’yib ot
Non qon bo’lsa, qon - jon.

Yüklə 39,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin