Polimerlarning kimyoviy tuzilishi polimer eritmalari


POLIMERLARNING KIMYOVIY TUZILISHI



Yüklə 277,27 Kb.
səhifə2/7
tarix31.12.2021
ölçüsü277,27 Kb.
#113335
1   2   3   4   5   6   7
Polimerlar

POLIMERLARNING KIMYOVIY TUZILISHI

Polimer materiallar, jismlar va moddalarning xossalari ularni tashkil qilgan makromolekulalarning eng asosiy xarakteristikasi ikkita: kimyoviy tuzilishi (tabiati va tarkibi) va kattaligi- molekulyar massasi. Ana shu o`lchamning xususiyatlari va imkoniyatlari jihatidan ham polimer moddasi oddiy moddalardan ancha farq qiladi. Polimerlarning tuzilishi shunchalik xilma-xilki ularni bu xarakteristikasini uni kimyoviy belgilariga qarab sinflarga bo`lmasdan tushunib olish qiyin.

Makromolekulasining asosiy zanjirini tashkil qilgan elementlarga qarab 2 guruhga bo`linadi:

faqat uglerod atomidan tashkil topgan bo`lsa- karbozanjirli polimerlar deyiladi — С —С — С — С — С —.

asosiy zanjirni tashkil qilgan atomlar 2 va undan ortiq elementdan iborat bo`lsa polimerni geterozanjirli polimerlar deb yuritiladi.

Oqsil va sintetik poliamidlar makromolekulalarining asosiy zanjiri 3 xil element S, H, N atomlaridan, mochevina-formaldegid smolasi va poliamidlarniki 3 xil S, O va N atomlaridan atomlaridan tashkil topgan.

Polimerlar makromolekulasidagi bo`g`inlar bir xil bo`lsa- gomopolimerlar, har xil bo`lsa- sopolimerlar deyiladi.

Makromolekulalarning kimyoviy tuzilishi- konfigurasiyasiga oid yana bir omil- bo`g`inlarning o`zaro tuzilishi, ya'ni makromolekula stereoizomeriyasidir.

Ma'lumki, uglerod atomidagi o`rinbosarlar 2 xil bo`lsa (R va H, yoki R1 va R2) uglerod atomi asimmetrik atom bo`lib, u L- yoki D- shaklda

(o`ng va chapga buruvchi) bo`la oladi. Agar makromolekulaning asimmetrik atomlari faqat L- yoki faqat D- shaklda bo`lsa (asosiy zanjir yotgan tekislikka nisbatan) o`rinbosarlar asosiy zanjirning bir tomonida bo`ladi:

...

...


H H H H

Bunday makromolekula izotaktik deb ataladi.

Agar zanjirda L- va D- shakllar almashinib kelsa (L-, D-, L-, D- ) bunday makromolekula sindiotaktik deyiladi:

CH2


CH2

C

CH



...


Izo- va sindiotaktik makromolekulalar stereoregulyar (fazoviy tartibli) deb yuritiladi. Ulardan tashkil topgan polimerlar stereoregulyar polimerlar deb ataladi.

Makromolekulaning o`rinbosarlari fazoda tartibsiz (L- va D- shakllar aralash-quralash, statistik betartiblikda) joylashgan bo`lsa uni ataktik makromolekula deyiladi. Stereoregulyar makromolekulalar o`zaro tartibli joylashishi mumkin, ataktik makromolekulalarda bunday imkoniyat yo`q (silliq va silliq bo`lmagan taxtaning taxlanishiga o`xshash). Shu sababli stereoregulyar polimerlarning materiallari yuqori mexanik xossalarga ega

bo`ladi. Chunki stereoregulyar makromolekulali polimer ko`pincha kristallik strukturaga, ataktik polimerlar esa amorf strukturaga ega bo`ladi. Izotaktik polipropilenning sindiotaktikadan zichligi va erish temperaturasi (20 °С dan) yuqori.

Polimerlarda sis-trans izomeriya dienlarning (masalan, polibutadien) polimerlarida uchraydi. Bu ham fazoviy (geometrik) izomeriyaning xususiy bir turidir:

CH2 CH2

CH CH



CH2 CH

CH

CH2



Sis- izomer

Trans- izomer




Yüklə 277,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin