Polisaxaridlar polimer moddalar bo‘lib, monosaxaridlardan tuzilgan bo‘ladi. Polisaxaridlarga odatda o‘zida 10 dan ortiq manoz qoldiqlarini tutgan birikmalar kiritiladi. Polisaxaridlar shirin maza bermaydi, kristallanmaydi, ularning ko‘pchiligi kolloid eritma hosil qiladi.
Ishning maqsadi: Kraxmalning yod bilan reaksiyaga kirishib, ko‘k rangni hosil qilishi birmuncha spetsifik reaksiya hisoblanadi. Rangning hosil bo‘lishi amiloza bilan belgilanadi. Amilopektin esa yod bilan qizil-binafsha rang hosil qiladi, lekin amilozaning ko‘k rangi uning rangini ko‘rsatmaydi. Qaynatish natijasida rang yo‘qoladi va sovugandan keyin yana tiklanadi.
Probirkaga 1-2 ml kraxmal eritmasidan solinadi va unga 1-2 tomchi Lyugol eritmasidan qo‘shiladi. Natijada quyuq ko‘k rang hosil bo‘ladi. Isitilganda rang yo‘qoladi va sovitilgach, yana paydo bo‘ladi.
v) Trommer reaksiyasi uchun reaktivlar: 5% li natriy ishqori, 5% li mis sulfat,
v) Barfed reaktivi
Ishning bajarilishi:
2 ta probirkaga 4-5 ml dan kraxmal eritmasidan solinadi. 1-probirkaga 3 tomchi konsentrlangan xlorid kislota, 2-probirkaga shuncha miqdorda distillangan suv solinadi. Ikkala probirkalar 10-15 daqiqa qaynab turgan suv hammomiga qo‘yiladi. Sovitilgandan so‘ng Trommer reaksiyasi o‘tkazib ko‘riladi. Birinchi probirkada mis gidroksidining qizil cho‘kmasi tushadi. Bunda kraxmal gidrolitik parchalanib, metallarni qaytarish reaksiyalarini namoyon qiladi. Ikkinchi probirkada esa bu reaksiya amalga oshmaydi.