TOSHKENT DAVLAT UNIVERSITETI RAQAMLI IQTISODIYOT FAKULTETI 1-KURS TALABALARI TAYYORLAGAN
PREZENTATSIYASI
REJA:4 O`ZBEKISTONDA PEZIDENTLIKNING JORIY ETILISHI
O`SHA DAVRLAR
O`SHA DAVRLAR
XX asr 90-yillarning boshlariga kelib, Markaz va ittifoqdosh respublikalar oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro'yi puturdan keta boshladi. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va xo'jalik hayoti izdan chiqa boshladi. Oqibatda, turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun sayin noroziligi ortib bordi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi buzildi. Bu hol tabiiy ravishda xalqning koʻzini ochdi, endi u eskicha yashay olmay qoldi.Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda 1990-yil 23-martda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumi boʻldi, Yuzaga kelgan vaziyatda O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish muhim ahamiyat kasb etadi
O'zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi masalasining ko'tarilishi prinsipial amaliy va tarixiy hodisa boʻldi. Respublikada boshqaruvning ayni ana shunday shakli joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko'maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi shundan iboratki, Prezident muassasasining joriy etilishi - respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o'tishni bildirar edi. O'sha paytda muhimi keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarida ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini o'z vaqtida hal etish masalasi, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha davlat muassasalarini nazorat qilish ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.
Tarixiy voqea
1990-yil 24-martda mustaqillik yo'lidagi juda muhim hamda mas'uliyatli qadam qo'yildi. Shu kuni o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida Ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bo'lib Oʻzbekiston SSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. Bu tarixiy voqea edi. Sessiya O'zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug'aniyevich Karimovni O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to'g'risida qaror qabul qildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda Prezident lavozimining ta'sis etilishi, respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qoʻyilgan navbatdagi dadil qadamlardan edi.
Keyingi jarayon
Respublikaning Birinchi rahbari I.A.Karimov sessiyada "Bu katta ishonch uchun o'zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni, eng avvalo, o'zbek xalqi, O'zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumhuriyatimizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o'z zimmamga tushgan ulkan burch va javobgarlik debqabul qilaman. Har bir grajdanning konstitutsion huquqi va erkinliklarini ta'minlash yo'lida katta mas'uliyat deb tushunaman", dedilar.
MUSTAQILLIK
O'z fikrini davom ettirib, I.A.Karimov Prezident vazifasiga to'xtalib, quyidagilarni ta'kidladilar: "O'zbekiston Prezidenti sifatidagi o'zimning asosiy vazifalarimni nimadan iborat deb bilaman? O'zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek, Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o'zini o'zi idora qilishga o'tishini ta'minlashdir. Ayni chog'da mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur'atlar bilan rivojlantirish respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan mendan, Oʻzbekiston SSR Prezidentidan doimiy e'tibor talab qiladigan vazifadir". Shu tariqa Prezident eng qiyin, ziddiyatli, tahlikali bir paytda butun mas'uliyatni o'z zimmalariga oldilar.
2023-YIL
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT