Produtsentlar yoki avtotrof organizmlar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan organik moddalarni hosil qiladi. Konsumentlar yoki geterotrof organizmlar esa boshqa organizmlarni isteʼmol qilish orqali ulardagi organik moddalarni oʻzlashtiradilar.
Oziq zanjiri bu organizmlarning chiziqli ketma-ketligi boʻlib, bir organizm boshqasi bilan oziqlanishi natijasida oziq moddalar va energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga oʻtishidan iborat.
Oziq toʻrlari bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan koʻplab oziq zanjirlaridan iborat va ular ekotizimdagi ozuqa isteʼmoli munosabatlarining grafik ifodasi hisoblanadi.
Trofik darajalar oʻrtasida energiyaning biridan ikkinchisiga oʻtish unumdorligi past, yaʼni taxminiy unumi 10% ga teng. Bu kamunumlik oziq zanjiri davomliligini chegaralaydi.
Kirish Har xil turdagi organizmlar koʻp yoʻllar orqali oʻzaro munosabatda boʻladi. Ular bir-biri bilan raqobatlashishi yoki simbiontlar, yaʼni uzoq muddat yaqin munosabatda boʻluvchi sheriklar boʻlishi mumkin. Yoki ular biz tabiatda tez-tez guvohi boʻladigan hodisani amalga oshiradi: biri boshqasi bilan oziqlanadi! Bu orqali ular oziq zanjiridagi bogʻlanishlardan birini hosil qiladi.
Ekologiyada oziq zanjiri biri ikkinchisi bilan oziqlanuvchi organizmlar yigʻindisidan iborat boʻlib, bunda oziq moddalar va energiya biridan keyingisiga oʻtib boradi. Masalan, siz tushlikka gamburger tanovul qildingiz, siz ham oziq zanjiri ishtirokchisiga aylanasiz va bu quyidagicha namoyon boʻladi: maysa \[\rightarrow\] sigir \[\rightarrow\] odam. Lekin gamburger ichiga salat bargi qoʻyib tanovul qilsangiz-chi? Ushbu holatda ham siz oziq zanjiri ishtirokchisiga aylanasiz va bu quyidagicha namoyon boʻladi: salat bargi \[\rightarrow\] odam.
Bu misolda bayon etilganidek, biror organizm (masalan, odam)ning chiziqli tarzda davom etuvchi oziq zanjirida qanday mahsulotlar isteʼmol qilishini toʻliq tasvirlab bera olmaymiz. Yuqoridagi kabi holatlarda biz oziq toʻrini koʻplab oʻzaro kesishuvchi oziq zanjirlaridan iborat va biror-bir organizm nimalar bilan oziqlanishi hamda bir organizmning boshqasi tomonidan isteʼmol qilinishini koʻrsatuvchi vosita sifatida olishimiz mumkin.
Ushbu maqolada ekotizimdagi oziq zanjirlari va oziq toʻrlari qanday qilib energiya va ozuqa moddalari oqimini namoyon qilishi bilan yaqindan tanishib oʻtamiz.