Produtsent Redudsent Konsumentlar



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə4/7
tarix25.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#134172
1   2   3   4   5   6   7
Produtsent redudsent konsumentlar

Redutsentlar
Oziq zanjirlari chizmalarida har doim ham namoyon boʻlmaydigan yana bir konsumentlar guruhini eslatib oʻtishimiz joizdir. Bu guruh organik mahsulotlarni va chiqindilarni parchalovchi organizmlar redutsentlardan tashkil topgan.
Redutsentlar (destruktorlar) baʼzida oʻzlarining alohida trofik darajalarida koʻriladi. Bu organizmlar oʻziga xos guruh sifatida turli boshqa trofik darajalardagi organizmlardan ajralgan oʻlik va chiqindi mahsulotlar bilan oziqlanadi; masalan, ular chirigan oʻsimlik qismlari, qisman yeyilgan olmaxon yoki kasal boʻlib oʻlgan burgut qoldiqlarini mamnunlik bilan isteʼmol qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, redutsentlar darajasi iyerarxiyadagi birinchi, ikkinchi va uchinchi tartibli konsumentlar iyerarxik standartlariga parallel mos keladi.
Koʻplab ekotizimlarning asosiy redutsentlari zamburugʻ va bakteriyalar hisoblanadi; ular metabolik jarayonlarni amalga oshirish uchun oʻlik mahsulotlar va chiqindilardagi kimyoviy energiyadan foydalanadi. Redutsentlarning boshqa bir guruhi detrit va qoldiqlar bilan oziqlanuvchi detritofaglar hisoblanadi. Ular odatda yomgʻir chuvalchangi, qisqichbaqa, shilliqqurt yoki tasqara kabi koʻp hujayrali hayvonlardir. Ular faqat oʻlik mahsulotlar isteʼmoli bilan cheklanib qolmaydi, balki bu mahsulotlarni chirituvchi bakteriya va zamburugʻlar tomonidan oʻzlashtirilishiga tayyorlab beradi.

Redutsent (destruktor) organizmlarga misol: chapda yogʻoch ustida oʻsuvchi zamburugʻ; oʻngda yomgʻir chuvalchangi.
Chapda “Destruktorlar”; oʻngda “Yomgʻir chuvalchangi”. Manba: chapda “Decomposers” / Courtney Celley/USFWS, CC BY 2.0; oʻngda “Earthworm” / Luis Miguel Bugallo Sánchez, CC BY-SA 3.0
Redutsent organizmlar ekotizimlarni barqaror saqlab turishda katta ahamiyat kasb etadi. Ular oʻlik moddalar va qoldiqlarni parchalab, qayta davriy aylanuvchi oziq moddalarni ajratib chiqaradi va bundan birinchi tartib produtsentlar oʻz qurilish bloklarini hosil qilishda foydalanadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin