Produtsent Redudsent Konsumentlar


Avtotroflar va geterotroflar



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə2/7
tarix25.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#134172
1   2   3   4   5   6   7
Produtsent redudsent konsumentlar

Avtotroflar va geterotroflar
Oziq topish uchun organizmlar qanday asosiy jarayonlarni qoʻllaydi? Baʼzi organizmlar karbonat angidrid kabi oddiy molekulalardan oʻzlari uchun ozuqa boʻladigan organik birikmalarni hosil qilgani uchun oʻz-oʻzidan oziqlanadigan turlar sifatida maʼlum va ular avtotroflar deb nomlanadi. Avtotroflar ikkita asosiy turga ajratiladi:

  • Fotoautotroflar, masalan, oʻsimliklar fotosintez jarayonida quyosh energiyasidan foydalanib karbonat angidriddan organik birikmalar – qand moddalarni hosil qiladi. Fototrof organizmlarga yana suvoʻtlar va sianobakteriyalarni ham misol qilib keltirish mumkin.

  • Xemoavtotroflar kimyoviy energiyadan foydalangan holda karbonat angidrid va shu kabi molekulalardan organik birikmalar hosil qiladi. Bu jarayon xemosintez deb nomlanadi. Misol uchun, suvostining yorugʻlik yetib bormaydigan qorongʻi qismlarida vodorod sulfidni oksidlovchi xemoavtotrof bakteriyalar uchraydi.

Avtotroflar sayyoramizdagi har bir ekotizimning asosi hisoblanadi. Bu gʻaroyib eshitilishi mumkin, lekin bu mubolagʻa emas. Avtotroflar oziq zanjirlari va oziq toʻrlarining asosini shakllantiradi, ular yorugʻlik va kimyoviy moddalardan oladigan energiya tabiatdagi barcha boshqa organizmlarni taʼminlaydi. Oziq zanjirlari haqida gap borganda, biz avtotroflarni produtsentlar deb ataymiz.
Geterotroflar karbonat angidriddan oʻzlari uchun kerakli ozuqalarni hosil qilish uchun quyosh nuri yoki kimyoviy energiyadan foydalanmaydi va ular boshqa organizmlarni isteʼmol qiluvchilar hisoblanadi. Odam geterotrof organizmdir. Geterotroflar boshqa organizmlarni yoki ularning mahsulotlarini isteʼmol qilish orqali organik molekulalarni oʻzlashtiradi. Hayvonlar, zamburugʻlar va koʻplab bakteriyalar ham geterotrof organizmlarga kiradi. Oziq zanjiri haqida gap borganda geterotroflarni konsumentlar deb ataymiz. Qisqacha aytib oʻtadigan boʻlsak, tabiatda oʻsimlikxoʻr hasharotlardan tortib goʻshtxoʻr hayvonlargacha hamda qoldiq va chiqindilar bilan oziqlanuvchi zamburugʻlargacha turli ekologik ahamiyatga ega boʻlgan har xil konsumentlar mavjud.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin