Produtsent Redudsent Konsumentlar



Yüklə 4,54 Mb.
səhifə3/7
tarix25.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#134172
1   2   3   4   5   6   7
Produtsent redudsent konsumentlar

Oziq zanjirlari
Endi esa ekologik jamoada energiya va ozuqa moddalarining qanday harakatlanishi bilan tanishib oʻtsak. Keling, oziq zanjiriga qarab, kim kimni yeyishiga eʼtibor beramiz.
Bir organizm boshqasi bilan oziqlanishi natijasida oziq moddalar va energiyaning biridan ikkinchisiga oʻtuvchi chiziqli ketma-ketligi oziq zanjiri deyiladi. Dastlab quyida produtsentlardan boshlanib, yuqoriga qarab davom etuvchi tipik oziq zanjiri bilan tanishib oʻtamiz.

  • Oziq zanjiri asosida produtsentlar joylashadi. Produtsentlar avtotrof organizmlardir va ularning asosiy qismini oʻsimliklar, suvoʻtlar va sianobakteriyalar kabi fotosintez qiluvchi organizmlar tashkil etadi.

  • Produtsentlar bilan oziqlanuvchilar birinchi tartib konsumentlar deb ataladi. Birinchi tartib konsumentlar odatda oʻsimliklar bilan oziqlanuvchi oʻtxoʻrlardan iborat, shu bilan birga, suvoʻtlar va bakteriyalar bilan ham oziqlanishi mumkin.

  • Birinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar ikkinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Ikkinchi tartib konsumentlar asosan goʻsht bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlardan iborat.

  • Ikkinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi organizmlar uchinchi tartib konsumentlar deb nomlanadi. Bular burgut yoki katta baliq kabi yirtqichlar bilan oziqlanuvchi yirtqichlarni oʻz ichiga oladi.

  • Baʼzi oziq zanjirlarida toʻrtinchi tartib konsumentlar kabi qoʻshimcha darajalar ham mavjud, yaʼni uchinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanuvchi yirtqich hayvonlar. Oziq zanjirining eng yuqorisidagi organizmlar yuqori konsumentlar deb nomlanadi.

Quyidagi jadvalda bu darajalarga misollarni koʻrishimiz mumkin. Birinchi daraja produtsent – yashil suvoʻt birinchi tartib konsumentlar – mollyuskalar tomonidan isteʼmol qilinadi. Mollyuskalar ikkinchi tartib konsument “Cottus cognatus” turkumiga kiruvchi shilimshiq mayda baliqlar uchun tushlikka aylanadi, oʻz navbatida, bu baliqlar ham uchinchi tartib konsument boʻlgan kattaroq baliq – Chinuk losos baligʻining ozuqasiga aylanadi.

Bu misolda eng quyi trofik daraja, yaʼni I daraja yashil suvoʻt produtsent, birinchi tartib konsument esa mollyuskalar yoki shilliqqurtlar, ikkinchi tartib konsument esa “Cottus cognatus” turkumiga kiruvchi mayda baliq, uchinchi tartib va eng yuqori konsument esa Chinuk losos baligʻi hisoblanadi.
“Ekosistemalar ekologiyasi”. Manba: “Ecology of ecosystems: Figure 3” / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0
Yuqoridagi har bir toifa trofik daraja deb nomlanadi va organizm oziq zanjirining asl energiya manbasidan – yorugʻlikdan olgan energiya va ozuqa moddalarni ajratishini nechta boshqichdan iborat ekanini koʻrsatadi. Quyida shuni chuqurroq koʻrib oʻtar ekanmiz, organizmlarni trofik darajalarga ajratish har doim ham uzil-kesil aniq kechmaydi. Misol uchun, insonlar oʻsimliklarni ham, hayvonlarni ham isteʼmol qiluvchi hammaxoʻr organizm hisoblanadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin