UMUMIY PSIXOLOGIYA FANIDAN TEST TOPSHIRIQLARI 1.Yosh psixologiyasi fani qaysi fanning ilmiy asosini tashkil etadi? a) umumiy psixologiya; b) ijtimoiy psixologiya; c) pedagogik psixologiya; d) psixofiziologiya.
2.Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalaridagi tadqiqotlarda o‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o‘rganishda ko‘pincha qaysi metod qo‘llanadi? a) so‘rov; b) faoliyat mahsulini o‘rganish; c)test; d) sotsiometriya.
3.Yosh psixologiyasida keng qo‘llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi? a)kuzatish va eksperiment; b)so‘rov va test; c)sotsiometriya va faoliyat mahsulini o‘rganish; d)uzunasiga va ko‘ndalangiga kesim.
4.B.G.Ananev taklif etgan tasnifga ko‘ra Yosh psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarda keng qo‘llanuvchi suhbat, so‘rov, test kabi meetodlar qanday metodlar guruhiga kiradi? a) tashkiliy metodlar; b) empirik metodlar; c) natijalarni qayta ishlash metodlari; d) interpretatsion metodlar.
5.Gerontopsixologiya Yosh psixologiyasi fanining qanday sohasi bo‘lib hisoblanadi? a) bolalik davri psixologiyasi; b) o‘smirlik davri psixologiyasi; c) etuklik davri psixologiyasi; d) keksalik davri psixologiyasi.
6.Ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaridan tashqari pedagogik psixologiya yana nimani o‘rganadi? a) turli Yosh davrlarining psixologik xususiyatlari; b) o‘quv jamoasidagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi; c) o‘qituvchi faoliyati psixologiyasi; d) b va s javoblar to‘g‘ri.
7.Akmeologiya Yosh psixologiyasining qanday sohasi sanaladi? a) bolalik davri psixologiyasi; b) homila davri psixologiyasi; c)etuklik davri psixologiyasi; d) keksalik davri psixologiyasi.
8.“Bola ruhiyati” asarining muallifi hamda zamonaviy Yosh psixologiyasi fanining asoschisi bo‘lib hisoblanadigan olim kim? a) U.Djems; b) V.Preyer; c) K.D.Ushinskiy; d) J.J.Russo.
9.Qaysi davrgacha Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaga oid bilimlar asosan falsafa va tibbiyotga doir asarlarda bayon etilgan? a)XIX asrgacha; b)XVII asrgacha; c)XIX asr o‘rtalarigacha; d)XVIII asrgacha.